So’nggi yangiliklar

13:56МЮ сардори кечаги мағлубиятдан сўнг мураббийлар штабини кескин танқид қилди 0 13:44Ислам Махачев Ўзбекистонга келади 0 13:13Жаҳон чемпионати олдидан Ўзбекистон таркибида икки ўзгариш юз берди. Разамбек Қозоғистонга бормайди! 0 12:21Шоҳжаҳон Эргашев чақирувларга жавоб қайтарди 0 11:34Мовсар Евлоев: "Аввал чемпионлик камарини қўлга киритаман, кейин эса тажриба ўтказамиз" 0 10:24"Жуда яхши рақиблар". Карпин — Россия терма жамоасининг Ўзбекистон ва Венесуэлага қарши ўйинлари ҳақида 0 09:40Ҳозирда шахмат тарихидаги энг ёш гроссмейстер ким? 0 08:37Дастин Порье Рамазон Темировнинг жанги ҳақида гапирди 0 19:41Майк Мэлотт UFC 336 турнирида иштирок этади 0 19:03Манба: Каннаваро Мексика ёки АҚШ клубларини бошқариш имкониятини кўриб чиқмоқда 0 18:25Guangzhou Challenger: Ҳумоюн Султоновни чорак финал остонасида тўхтатишди 0 17:44"У кучли зарба берадиган жангчи". Кавана жанг олдидан Рамазон Темиров ҳақида гапирди 0 16:55Жанибек Алимханули WBO камари учун жанг қилади 0 16:06"Сабаҳ" — жорий мавсум ушбу натижага эришган EЧЛдаги биринчи жамоа! 0 15:17Хргович Уордлига фаолиятини якунлашни маслаҳат берди 0

29 sen 21:30
Yangiliklar

Xokkey

"Humo" safarda "Aktobe"ga qarshi ilk o'yinini o'tkazdi

Teglar :  AktobeHumo
Toshkentning "Humo" xokkey klubi Qozog'iston ochiq chempionati navbatdagi turi doirasidagi o'yinini o'tkazdi.

Bugun xokkeychilarimiz Qozog'iston ochiq chempionatining ettinchi turi doirasida "Aktobe" jamoasiga qarshi ilk o'yinini o'tkazdi. Uchrashuv 4:0 hisobida "Humo" foydasiga hal bo'ldi. Ushbu g'alabadan so'ng toshkentliklar turnir jadvalida sakkiz ochko jamg'argan holda oltinchi o'ringa ko'tarilib oldi. To'plar nisbati quyidagicha: 22-17. "Aktobe" esa garchi mag'lubiyatga uchragan bo'lsa-da, ikkinchi o'rinni saqlab qola oldi. Jamoalar o'rtasidagi ikkinchi o'yin ertaga 19:00da Aktobedagi "Aktobe Arena" muz saroyida bo'lib o'tadi.

Qozog'iston ochiq chempionati. 7-tur
"AKTOBE" – "HUMO" 1:4 (0:1, 0:0, 1:3)
29 sentyabr - 19:00, Aktobe shahri, "Aktobe Arena" muz saroyi

Gol: 0:1 - 6 Kirillov, 0:2 - 43 Kravchenko, 0:3 - 46 Rextin, 0:4 - 50 Juravlyov, 1:4 - 59 Akishin.

Bosh hakamlar: Dmitriy Trofimov, Vladimir Suslov.
CHiziq hakamlari: Timur Iskakov, Vladislav Zotov.

"Aktobe" – Matvey Ershov, Dmitriy SHarov, Dmitriy Akishin, Stepan Aleksandrov, Ilya Gorojaninov, Denis Grigorkevich, Kirill Zubkovskiy, Ruslan Ibraev, Dmitriy Stepanov, Vsevolod Yaxont, Leonid Belyaev, Aleksandr Voronin, Evgeniy Gasnikov (A), Pavel Elizarov, Aleksandr Ilin, Ivan Kuchin (A), Vadim Mitryakov, Ilya Ovechkin, Dmitriy Potaychuk (K), Artyom Soshnikov, Bulat Xammatov, Yan Xomenko.

"Humo" – Roman Smiryagin, Damir SHaymardanov, Stanislav Borovikov, Denis Davydov, Aleksandr Dryagilev, Nikita Zimin, Aleksey Kirillov, Daniil Kurashov, Vadim CHebotarev, Egor Dorofeev, Vladimir Juravlev, Igor Ignatushkin (K), Andrey Karavaev, Denis Kondratev, Vadim Kravchenko, Andrey Legalin, Bulat Nabiullin, Maksim Nazarov, Anton Rextin (A), German Saukov, Maksim Trunev (A), Timur SHingareev.

Ogohlantirishlar: Kravchenko (8), Potaychuk (9), Belyaev (12), Ovechkin (16), Nabiullin (16), Voronin (25), Davidov (25), Gorojaninov (27), Kuchin (28), Saukov (37), Kondratev (47), Xammatov (52), Trunyov (55), Xammatov (57).



Matnli translyaciya:
SAHIFANI YANGILASH



-------------------------------------------------------------------------------------------

3-davr, 20-daqiqa. Uchrashuv yakunlandi! "Aktobe" 1:4 "Humo". G'alaba muborak do'stlar!

3-davr, 20-daqiqa. Raqiblarimiz uchrashuv yakunlanishiga 13 soniya qolganida hisobni qisqartirishdi. Akishin shayba muallifi.

3-davr, 19-daqiqa. "Aktobe" jamoasi so'nggi daqiqani to'liq tarkibda o'tkazadi.

3-davr, 17-daqiqa. "Humo" to'liq tarkibda. "Aktobe"da esa Bulat Xammatov chetlatildi.

3-davr, 15-daqiqa. "Humo" xokkeychisi Maksim Trunyov ikki daqiqaga chetlatildi.

3-davr, 14-daqiqa. "Aktobe" to'liq tarkibda o'ynamoqda.

3-davr, 12-daqiqa. Raqiblarimiz bir kishi kam bo'lib qolishdi.

3-davr, 10-daqiqa. GOOOOOOL! Hisob yirik ko'rinishga kelmoqda. Vladimir Juravlyov shayba muallifi!

3-davr, 9-daqiqa. Toshkent klubi to'liq tarkibda!

3-davr, 7-daqiqa. "Humo" o'yinchisi Denis Kondratev ikki daqiqaga chetlatildi.

3-davr, 6-daqiqa. GOOOOOOL! Anton Rextin shayba kiritmoqda.

3-davr, 3-daqiqa. GOOOOOOL! Vadiiim Kravchenkooo hisobni ishonchli ko'rinishga keltirmoqda. "Aktobe" 0:2 "Humo".

3-davr, 1-daqiqa. Uchrashuvning katta ehtimol bilan so'nggi davri boshlandi. Albatta, "Humo" g'alaba qozonishiga ishonamiz!

-------------------------------------------------------------------------------------------

2-davr, 20-daqiqa. Uchraushvning ikkinchi davri ham yakuniga etdi. O'n etti daqiqalik tanaffus elon qilindi.

2-davr, 17-daqiqa. Bo'lim so'ngida "Humo" bir kishi kam bo'lib qoldi. German Saukov ikki daqiqaga chetlatildi.

2-davr, 17-daqiqa. Mezbonlar muvozanatni tiklashga urinishmoqda, ammo hozircha samarasiz.

2-davr, 12-daqiqa. Raqiblarimizning tarkibi to'liq holatga qaytdi.

2-davr, 10-daqiqa. "Aktobe"da yana bir kishi kam bo'lib qoldi. Qo'pol harakatlanishmoqda raqiblarimiz.

2-davr, 9-daqiqa. "Aktobe" to'liq tarkibda harakatlanmoqda.

2-davr, 7-daqiqa. "Aktobe"da yana chetlatish. Ilya Gorojaninov raqibini blokirovka qilgani uchun ikki daqiqaga chetlatildi.

2-davr, 7-daqiqa. Jamoalar to'liq tarkibda o'ynamoqda.

2-davr, 5-daqiqa. "Aktobe"dan Aleksandr Voronin hamda "Humo"dan Denis Davidov ikki daqiqaga chetlatildi.

2-davr, 5-daqiqa. O'yinda katta mushtlashuv yuzaga keldi.

2-davr, 1-daqiqa. GOOOOOOL! Egoooor Dorofeev hisobni o'zgartirmoqda. Yo'q, afsus gol inobatga olinmadi!

2-davr, 1-daqiqa. Uchraushvning ikkinchi davriga start berildi.

-------------------------------------------------------------------------------------------

1-davr, 20-daqiqa. Uchraushvning ilk davri o'z yakuniga etdi. O'n etti daqiqalik tanaffus elon qilindi.

1-davr, 18-daqiqa. Raqiblarimiz to'liq tarkibda o'ynashga kirishishdi.

1-davr, 16-daqiqa. "Aktobe" xokkeychisi Ilya Ovechkin raqibini blokirovka qilgani uchun ikki daqiqaga chetlatildi.

1-davr, 13-daqiqa. "Aktobe" to'liq tarkibda.

1-davr, 11-daqiqa. "Aktobe" xokkeychisi Dmitriy Potaychuk chetlatildi. Ikki daqiqaga.

1-davr, 11-daqiqa. "Humo" to'liq tarkibda o'ynamoqda.

1-davr, 9-daqiqa. "Humo" xokkeychisi Vadim Kravchenko chetlatildi.

1-davr, 6-daqiqa. GOOOOOOL! Etakchilik endi hisobga ham ko'chdi. Aleksey Kirillov ilk shaybamizni kiritdi! 

1-davr, 4-daqiqa. "Humo" dastlabki daqiqalarda yaqqol etakchilik qilmoqda. Hozircha faqatgina shayba etishmayapti.

1-davr, 1-daqiqa. Uchraushv start oldi. Olg'a "Humo".

-------------------------------------------------------------------------------------------

Muz saroyida ikki davlat madhiyalari yangramoqda.

Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 19:00da start oladi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing