So’nggi yangiliklar

10:12Кевин Холланд UFC`да миллионер жангчи эканлигини рад этди 0 09:44Бугун ўсмирларимиз Испанияга қарши баҳс олиб боради 0 09:18Фьюри Нганну ва Уайлдернинг зарба кучини солиштирди 0 08:53Ўзбекистон ўсмирлар терма жамоаси тантанали кутиб олинди ФОТОРЕПОРТАЖ 0 08:26Нурмагомедов Ядонг билан жанг олдидан ҳозирги спорт формасини кўрсатди + ФОТО 0 07:57Чемпионлар Лигасининг 2026/2027 йилги мавсуми умумий босқичининг барча иштирокчилари маълум бўлди 0 07:31Пимблетт, Холлоуэй ва Стивсон "ғалабалари сабаб" жаримага тортилди 0 19:05US Open теннис тарихида рекорд даражадаги соврин жамғармасини эълон қилди 0 18:42Мавлонбек Миркомилов Тошкентдаги Octagon 91 турнирида жанг қилади 0 18:05Моуринью ҳакамларни майдонда Винисиусни ҳимоя қилишга чақирди 0 17:17Мужибилло Турсунов рингга қайтяпти. У Россияда жанг қилади 0 16:30ИНТЕРВЬЮ. Учинчи Олимпиада? Борсам ҳам кумушга рози бўлмайман! — Ҳасанбой Дўсматов 0 15:47Енгил атлетикачиларимиз Марказий Осиё очиқ чемпионатида умумжамоа ҳисобида биринчи бўлишди 0 15:12Жон Жонс UFC’га допинг-тест топширишда давом этяпти 0 14:41"Манчестер Сити"нинг яна бир футболчиси жамоани тарк этиши мумкин 0

26 sen 20:25
Yangiliklar

Xokkey

"Humo" safarda "Beybaris"ni yirik hisobda mag'lub etdi

Teglar :  HumoBeybaris
Toshkentning "Humo" xokkey klubi Qozog'iston ochiq chempionati navbatdagi turi doirasidagi o'yinini o'tkazdi.

Bugun xokkeychilarimiz Pro Hokei Ligasy'dagi oltinchi uchrashuvini o'tkazdi. "Beybaris"ga qarshi o'tgan match 5:2 hisobida bizning foydamizga yakunlandi. Kecha "Humo" Atirauning "Beybaris" jamoasi bilan dastlabki o'yinda 4:7 hisobida mag'lub bo'lishgan edi. Bugungi g'alabadan so'ng "Humo" hisobida olti ochko mavjud. Xokkeychilarimiz turnir jadvalining oltinchi pog'onasidan o'rin oldi. "Beybaris" esa ushbu mag'lubiyatdan so'ng uchinchi pog'onaga tushib qoldi. "Humo" Qozog'iston ochiq chempionati doirasidagi navbatdagi o'yinini 29 sentyabr kuni "Aqtobe" jamoasiga qarshi safarda o'tkazadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 19:00da start oladi.


Qozog'iston ochiq chempionati. 6-tur
"BEYBARIS" – "HUMO" 2:5
26 sentyabr - 18:00, "Mұz Aydyny" muz saroyi

Bosh hakamlar: Mixail Stupak, Vladimir Suslov.
CHiziq hakamlari: Aleksey Murashov, Vladislav Zotov.

Gollar: 0:1 - 19 Rextin, 0:2 - 25 Kravchenko, 0:3 - 26 Rextin, 1:3 - 36 Markelov, 1:4 - 38 Trunyov, 2:4 - 45 Skatov, 2:5 - 58 Kirillov.

"Beybaris" – Bogdan Donenko, Evgeniy Bolyakin (A), Andrey Volgin, Mixail Dynkov, Vladislav Kolesnikov (K), Ivan Kuznecov, Egor Kutugin, Sergey Lazarev, Oleg Xolodenin, Artyom Ananichev, Artyom Burdelyov, Aleksandr Vorobev, Musa Guseynov, Ivan Ivanov (A), Stanislav Kondratev, Daniil Litvinov, Vladimir Markelov, Denis Skatov, Vitaliy Teslenko, Dmitriy Teslenko, Aleksandr Fokin.

"Humo" – Roman Smiryagin, Stanislav Borovikov, Denis Davydov, Aleksandr Dryagilev, Nikita Zimin, Aleksey Kirillov, Daniil Kurashov, Vadim CHebotarev, Egor Dorofeev, Vladimir Juravlev, Igor Ignatushkin (K), Andrey Karavaev, Denis Kondratev, Vadim Kravchenko, Andrey Legalin, Bulat Nabiullin, Artyom Pylaev, Anton Rextin (A), German Saukov, Maksim Trunev (A), Timur SHingareev.

Ogohlantirishlar: Kuznecov (2), Kolesnikov (4), CHebotarev (14), SHablovskiy (16), Gusseinov (24), Zimin (27), Trunyov (30), Dorofeev (39), Teslenko (41), Dinkov (46), Trunyov (50), Trunyov (56), Trunyov (59).


Matnli translyaciya:
SAHIFANI YANGILASH



-------------------------------------------------------------------------------

3-davr, 20-daqiqa. Uchrashuv yakunlandi! "Beybaris" 2:5 "Humo".

3-davr, 19-daqiqa. Trunyov ketma-ket uchinchi bor chetlatilmoqda.

3-davr, 18-daqiqa. SHAYBAAAA! Aleykseeey Kiriloooov hisobni 2:5 ko'rinishiga keltirmoqda!

3-davr, 16-daqiqa. "Humo" bir kishi kam bo'lib qoldi. Yana Maksim Trunyov.

3-davr, 12-daqiqa. "Humo" to'liq tarkibda.

3-davr, 10-daqiqa. "Humo"da chetlatish. Maksim Trunyov ikki daqiqani o'tkazib yuboradi.

3-davr, 5-daqiqa. Denis Skatov hisobni qisqartirmoqda. 2:4.

3-davr, 1-daqiqa. Uchinchi davr start oldi.

-------------------------------------------------------------------------------

2-davr, 20-daqiqa. Ikkinchi davr yakuniga etdi. O'n etti daqiqalik tanaffus!

2-davr, 19-daqiqa. Dorofeev ikki daqiqaga chetlatildi. "Humo" davr so'ngida bir kishi kam bo'lib qolmoqda.

2-davr, 18-daqiqa. Maksiiiim Trunyov shayba kiritmoqdaaaaa! "Beybaris" 1:4 "HUMO".

2-davr, 16-daqiqa. Afsus, Markelov hisobni qisqartirmoqda.

2-davr, 12-daqiqa. "Humo" to'liq tarkibda o'ynamoqda.

2-davr, 10-daqiqa. Trunyov chetlatildi. "Humo" bir kishi kam bo'lib qoldi.

2-davr, 10-daqiqa. "Beybaris"da juda ham xavfli vaziyat yuzaga keldi, ammo yaxshiyamki samarasiz.

2-davr, 9-daqiqa. "Humo" to'liq tarkibda o'ynamoqda.

2-davr, 7-daqiqa. Zimin ikki daqiqaga chetlatildi. "Humo" bir kishi kam.

2-davr, 6-daqiqa. Yana shaybaaa! Rextiiin dublga erishmoqdaaa! Hisob yanada ishonchli ko'rinishga keldi.

2-davr, 5-daqiqa. VADIIIM KRAVCHENKOOO hisobni ishonchli ko'rinishga keltirmoqda. "Humo" oldinda. Olg'a "HUMO".

2-davr, 4-daqiqa. "Beybaris" bir kishi kam bo'lib qoldi. Gusseinov ikki daqiqaga chetlatildi.

2-davr, 1-daqiqa. Ikkinchi davrning boshidanoq mezbonlar bosim qila boshladi.

2-davr, 1-daqiqa. Uchrashuvning ikkinchi davri start oldi. Birinchi davrdan so'ng hisob 0:1 "Humo" hisobiga. Anton Rextin birinchi davrning so'nggi daqiqasida shayba kiritib, klubimizni oldinga olib chiqdi.

-------------------------------------------------------------------------------

Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 18:00da start oladi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing