29 noy 12:48
Yangiliklar
Xokkey
"Humo" sardori Igor Ignatushkin Pro-Ligada "Hafta o'yinchisi" deb topildi
Igor Ignatushkin Qozog'istonda "Hafta o'yinchisi" maqomiga loyiq ko'rildi.
Toshkentning "Humo" xokkey klubi sardori, 18-raqam egasi Igor Ignatushkin Qozog'iston Pro-Ligasida "Hafta o'yinchisi" deb topildi.
"Qanotlilar"ning 38 yoshli rossiyalik legioneri bu mavsum "Humo" tarkibida Qozog'iston birinchiligida 24 ta o'yinda muzga chiqib, 17 ochko ishladi (7+10).
Mazkur haftada esa Ignatushkin to'rtta o'yinda muzga chiqib, 4 ochko ishladi (2+2).
Havola :
Manba : pro.ligasy.kz
Fikrlar