So’nggi yangiliklar

09:59"Нефтчи" билан чемпионликни қўлга киритган футболчи "Навбаҳор"га ўтди 0 09:38Тайсон Фьюрига кутилмаган рус боксчиси рақиб сифатида бериляпти 0 09:17Кайо Борральонинг навбатдаги жанги ҳақида маълумот берилди 0 08:56Бо Никал Йоэл Ромеродан чемпионлик камарини ҳимоя қиладими? 0 08:35Ўзбекистон вакиллари ФИФАнинг "The Best" мукофоти учун кимларга овоз берди? 0 08:14Пэдди Пимблетт - Жастин Гэтжи жанги учун захира варианти айтилди 0 07:53Илҳом Назимовнинг RIZIN промоушенидаги навбатдаги жанги тасдиқланди 0 07:32UFC ярим ўрта вазн рейтингида бу йил умуман жанг ўтказмаган Раҳмонов кўтарилди 0 07:11Испания Кубоги. "Барселона" учинчи дивизион жамоасини мағлуб этди 0 19:0046 ёшли Пакьяо 2026 йилдаги режасини очиқлади 0 18:38Фёдор Емельяненко Нганну - Немков эҳтимолий жанги ҳақида гапирди 0 18:15"Менга Чимаев эмас, UFC камари керак" - Нассурдин Имавов 0 17:40Шомуродов рамзий жамоадан жой олди 0 17:17Илия Топурия Пэдди Пимблеттга бўлган муносабати ҳақида гапирди 0 16:41"Шундагина унинг имконияти бўлади". Жастин Гэтжи Пэдди Пимблетт уни қандай мағлуб этиши мумкинлигини айтди 0

16 sen 21:30
Yangiliklar

Xokkey

"Humo" Toshkentda "Gornyak"ka qarshi ikkinchi o'yinini o'tkazdi

Teglar :  HumoGornyak
Xokkeychilarimiz hozirgina Qozog'iston ochiq chempionatidagi to'rtinchi o'yinini o'tkazishdi.

Xokkeychilarimiz o'tgan ikki o'yinni "Nomad"ga qarshi o'tkazib, ikki ochkoga ega bo'lishgan edi. "Humo" kecha "Gornyak" jamoasiga qarshi ilk o'yinida muzga chiqdi va 3:0 hisobida zafar quchdi. Ushbu o'yindan so'ng xokkeychilarimiz Qozog'iston ochiq chempionatida turnir jadvalida to'rt ochko bilan beshinchi o'ringa ko'tarilib olgan edilar. Bugun esa "Humo" kechagi raqiblariga qarshi ikkinchi o'yinini o'tkazib, afsuski 2:3 hisobida mag'lkb bo'lishdi. Hozirda "Humo" hisobida to'rt ochko mavjud va ular turnir jadvalida hozircha beshinchi pog'onada. "Gornyak" esa ushbu g'alaba orqali ochkolari sonini to'rttaga etkazib olib, kuchli beshlikka yaqinlashdi. Navbatdagi o'yin 25 sentyabr kuni mehmonda, "Beybaris" jamoasiga qarshi bo'lib o'tadi.

Qozog'iston ochiq chempionati. 4-tur
"HUMO" – "GORNYAK" 2:3
16 sentyabr - 19:00, "Humo Arena" muz saroyi, 2318 tomoshabin

Gollar: 1:0 - 1 Kravchenko, 1:1 - 12 Utebaev, 1:2 - 30 Katkov, 2:2 - 58 Kravchenko, 2:3 - 58 Abramov.

Bosh hakamlar: Timur Moraev, Konstantin CHubenko.
CHiziq hakamlari: Timur Isakov, Damir Dairov.

"Humo" – Roman Smiryagin, Damir SHaymardanov, Stanislav Borovikov, Denis Davydov, Aleksandr Dryagilev, Nikita Zimin, Aleksey Kirillov, Daniil Kurashov, Vadim CHebotarev, Egor Dorofeev, Vladimir Juravlev, Igor Ignatushkin (K), Andrey Karavaev, Denis Kondratev, Vadim Kravchenko, Aleksey Krivchenkov, Andrey Legalin, Maksim Nazarov, Artyom Pylaev, Anton Rextin (A), Maksim Trunev (A), Nikita Tyatinkin.

"Gornyak" – Ilya Ligay, Artyom Skrynnikov, Aleksandr Katkov, Roman Kovalenko, Aleksandr Kurshuk (K), Aleksandr Nurek, Valeriy Sadikov (A), Daniil Soltan, Nikita Xarkin, Danil SHHyokin, Aleksandr Abramov, Aydar Galimov, Denis Gurev, Maksim Kunishnikov, Konstantin Palmtag, Dmitriy Parxomenko, Evgeniy Stepanov, Ruslan Utebaev, Vyacheslav SHaripov, Ivan SHiryaev, Oskar Yulbarisov (A), Arslan Yamalov.

Ogohlantirishlar: Abramov (13), Kravchenko (16), Kovalenko (19), Ignatushkin (20), Palmtag (27), Juravlyov (30), Skrinnikov (30), Gurev (41), Krivchenkov (43).



MATNLI TRANSLYACIYA:

-----------------------------------------------------------------------------------------

3-bo'lim, 20-daqiqa. Afsuski, raqiblarimiz bizdan revansh ola bilishdi. 2:3, mag'lubiyat.

3-bo'lim, 18-daqiqa. Afsus, ushbu post yozilayotganida "Gornyak" jamoasi hisobni 2:3 ko'rinishiga keltirdi...


3-bo'lim, 18-daqiqa. SHAYBAAAAAAAAAA! "Humo" hisobni tenglashtirmoqdaaaaa! 7-raqamli Vadim Kravchenkoooo juda muhim bo'lgan shayba muallifi!

3-bo'lim, 18-daqiqa. "Humo" jamoasi 15 sekundlik taym aut oldi.

3-bo'lim, 18-daqiqa. "Humo" golli vaziyat uyushtirgan edi, ammo himoyachilar yaxshi harakatlanishdi.

3-bo'lim, 15-daqiqa. Bugungi o'yinni arenadan 2318 tomoshabin kuzatib borayotgani aniq bo'ldi.

3-bo'lim, 14-daqiqa. O'yinda "Humo" yaqqol ustunlik qilmoqda. Ammo hujumlarni yakunlovchi inson etishmayapti bizga.

3-bo'lim, 10-daqiqa. Xokkeychilarimiz ketma-ket hujumlar uyushtirishmoqda. Ammo hozircha barchasi samarasiz.


3-bo'lim, 5-daqiqa. "Humo" ham to'liq tarkibda o'ynay boshladi.

3-bo'lim, 3-daqiqa. "Humo" jamoaviy tartibni buzgani uchun Aleksandr Krivchenkov jarima o'taydi, "Gornyak" esa to'liq tarkibga qaytdi.

3-bo'lim, 1-daqiqa. "Gornyak" o'yinchisi Denis Gurev raqibini chalib yiqitgani uchun chetlatildi.

3-bo'lim, 1-daqiqa. Katta ehtimol bilan so'nggi bo'limning guvohiga aylanishimiz mumkin. Ishqilib, "Humo"ning foydasiga bo'lsin. Olg'a "Humo".

-----------------------------------------------------------------------------------------

O'n etti daqiqalik tanaffus!

2-bo'lim, 20-daqiqa. Ikkinchi davr afsuski raqiblar foydasiga hal bo'lmoqda.

2-bo'lim, 16-daqiqa. "Humo" shturm qilmoqda, ammo hozircha samarasiz.

2-bo'lim, 13-daqiqa. Ha shunday bo'ldi ham.

2-bo'lim, 13-daqiqa. O'yinda palapartishlik va mushtlashuv yuzaga keldi. "Humo"ning o'yindagi ikkinchi shaybasi hisoblanmasligi mumkin!

2-bo'lim, 12-daqiqa. Ikkala jamoa ham to'liq tarkib bilan o'ynamoqda.

2-bo'lim, 10-daqiqa. Afsus, yana bir bor shayba o'tkazib yubordik. Alesandr Katkov shayba muallifi...

2-bo'lim, 10-daqiqa. Ikkala jamoadan ham bir nafar xokkeychi chetlatildi. "Humo"da Vladimir Juravlyov raqibini chalib yiqitgani uchun.

2-bo'lim, 7-daqiqa. "Gornyak" bir kishi kam bo'lib qoldi. Konstantin Palmtag raqibini chalib yiqitgani uchun chetlatildi.

2-bo'lim, 5-daqiqa. Ikkala jamoa ham to'liq tarkibda o'ynashmoqda.

2-bo'lim, 5-daqiqa. Uchrashuvda kichik ustunlik bilan "Humo" xokkeychilari yaxshi harakatlanishmoqda.

2-bo'lim, 1-daqiqa. Ikkinchi bo'lim start oldi.

-----------------------------------------------------------------------------------------

O'n etti daqiqalik tanaffus elon qilindi.

1-bo'lim, 20-daqiqa. Dastlabki daqiqa 1:1 hisobida durang natija bilan yakunlanmoqda.

1-bo'lim, 20-daqiqa. "Humo" o'yinchisi Igor Ignatushkin chetlatildi.

1-bo'lim, 19-daqiqa. Endi "Gornyak"da chetlatish. Raqibini bokirovka qilgani uchun Roman Kovalenko chetlatildi.

1-bo'lim, 18-daqiqa. "Humo" to'liq tarkibda o'ynamoqda.

1-bo'lim, 16-daqiqa. Endi esa "Humo" o'yinchisi Vadim Kravchenko chetlatildi.

1-bo'lim, 15-daqiqa. "Gornyak" to'liq tarkibda.

1-bo'lim, 13-daqiqa. "Gornyak" bir kishi kam bo'lib qoldi. Raqibini chalib yiqitgani uchun Aleksandr Abramov chetlatildi. 

1-bo'lim, 12-daqiqa. Afsus. Mehmonlar hisobni tenglashtirishmoqda. 8-raqamli Ruslan Utebaev shayba muallifi.

1-bo'lim, 10-daqiqa. O'yin teng kuchlar ostida kechmoqda.

1-bo'lim, 7-daqiqa. Haa "Humo" jamoasi har jabhada boshqalarga o'rnak bo'lmoqda. Media olamiga sharoit yaratib berish borasida ham ular doim birinchi bo'lishiga tilakdoshmiz...



1-bo'lim, 1-daqiqa. Uchrashuv start oldi. VAAAAAAAA ilk daqiqadayoq shaybaaaaaaaaa! Vadim Kravchenkoooo ilk shaybamiz muallifi!

1-bo'lim, 1-daqiqa. Uchrashuv start olmoqda. Uchrashuvni sportimiz afsonasi Oksana CHusovitina ramziy tarzda boshlab beradi.

Uchrashuv 19:00da start oladi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing