So’nggi yangiliklar

18:41Дзюдочиларимиз жаҳон чемпионатига тўлиқ куч билан тайёргарлик кўришмоқда ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 18:20Шаҳрам Ғиёсовнинг вазнида IBF камари учун даъвогарлик жанги белгиланди 0 17:59"Олтин тўп-2025". Якуний рўйхатдан жой олган 30 футболчининг тўлиқ статистикаси 0 17:38Дю Плесси: "Чимаев беш раунд ҳақида ўйламаяпти, лекин..." 0 17:17"Saber" жамоамизнинг "Аёллар дзюдо лигаси"даги рақиблари маълум 0 16:56Мадримовнинг вазнидаги чемпион Фундоранинг навбатдаги жанги тафсилотлари очиқланди 0 16:35"Интер"га "Челси" ҳужумчиси керак 0 16:14Ига Свёнтек Цинциннати WTA 1000 турнири 1/4 финалида ўйнайди 0 15:53Тўрт кун олдин Дана Уайт Даъвогарлар турнирида ғалаба қозонган рус жангчиси UFC 319 турнирида октагонга чиқади 1 15:32Энтони Жошуа Андре Уорднинг чақирувига жавоб берди 0 15:11Аббосбек Файзуллаевнинг нега янги жамоасида майдонга тушмаётгани очиқланди 0 14:50Арман Царукян: "Ҳатто "стойка"да ҳам Топуриядан яхшиман. Бу менинг камарим!" 0 14:29Шаҳрам Ғиёсов Мэнни Пакьяонинг чемпионлик жанги ҳақида гапирди 0 14:08Иқтидорли хоккейчимиз Салоҳиддин Азимов Швеция клубига ўтди 0 13:47Шомуродов ва Файзуллаев Туркияда юртимиз шарафини ҳимоя қилаётган даун синдромли спортчиларимиз билан учрашди + ФОТО 0

15 sen 21:26
Yangiliklar

Xokkey

"Humo" Toshkentda "Gornyak"ni yirik hisobda mag'lub etdi

Teglar :  HumoGornyak
Xokkeychilarimiz Qozog'iston ochiq chempionatidagi uchinchi o'yinini o'tkazishdi.

Xokkeychilarimiz o'tgan ikki o'yinda "Nomad" bilan o'ynab, dastalbki o'yinda mag'lub bo'lgan edi, ikkinchi o'yinda esa g'alaba nashidasinini surishgan edi. "Humo" bugun "Gornyak" jamoasiga qarshi muzga chiqdi va 3:0 hisobida zafar quchdi. Ushbu o'yindan so'ng xokkeychilarimiz Qozog'iston ochiq chempionatida turnir jadvalida to'rt ochko bilan beshinchi o'ringa ko'tarilib oldi. Navbatdagi o'yin ertaga, poytaxtimizdagi "Humo Arena"da soat 19:00da start oladi.

Qozog'iston ochiq chempionati. 3-tur
"HUMO" – "GORNYAK" 3:0 
15 sentyabr - 19:00, "Humo Arena" muz saroyi, 2234 tomoshabin

Gollar: 1:0 - 25 Dorofeev, 2:0 - 33 Nazarov, 3:0- Dorofeev.

Bosh hakamlar: Timur Moraev, Konstantin CHubenko.
CHiziq hakamlari: Timur Isakov, Damir Dairov.

"Humo" – Roman Smiryagin, Damir SHaymardanov, Stanislav Borovikov, Denis Davydov, Aleksandr Dryagilev, Nikita Zimin, Daniil Kurashov, Mark Rubinchik, Vadim CHebotarev, Egor Dorofeev, Vladimir Juravlev, Igor Ignatushkin, Andrey Karavaev, Denis Kondratev, Vadim Kravchenko, Andrey Legalin, Maksim Nazarov, Artyom Pylaev, Javoxir Rasulov, Anton Rextin, German Saukov, Maksim Trunev.

"Gornyak" – Nikita Akulinin, Ilya Ligay, Viktor Ivashin, Aleksandr Katkov, Aleksandr Kurshuk (K), Valeriy Sadikov (A), Daniil Soltan, Nikita Xarkin, Danil SHHyokin, Aydar Galimov, Denis Gurev, Igor Kalinychev, Aleksey Kozorez, Maksim Kunishnikov, Konstantin Palmtag, Dmitriy Parxomenko, Evgeniy Stepanov, Vyacheslav SHaripov, Artur SHetle, Ivan SHiryaev, Oskar Yulbarisov (A), Arslan Yamalov.

Ogohlantirishlar: CHebotarev (10), Galimov (12), Sadikov (21), Soltan (27), Rubinchik (30), Dorofeev (36), Galimov (43), Dryagilev (50).



MATNLI TRANSLYACIYA:

SAHIFANI YANGILASH



3-bo'lim, 19-daqiqa. SHAYBAAAAAAAA! "Humo" hisobni yanada yiriklashtirmoqda. 94-raqamli EGOOOOR DOROFEEEV shayba muallifi!

3-bo'lim, 18-daqiqa. "Gornyak" 30 soniyalik tanaffus oldi. "Humo" bir kishi kam, yani chetlatish. U jamoamiz sardori Igor Ignatushkin.

3-bo'lim, 17-daqiqa. "Gornyak" xokkeychilarimizni o'z yarim maydonlarida qamal qilishmoqda. Olg'a yigitlar oz vaqt qoldi navbatdagi ochkolar uchun!

3-bo'lim, 16-daqiqa. Bugungi o'yinni arenadan 2234 tomoshabin kuzatib borayotgani malum bo'ldi.

3-bo'lim, 13-daqiqa. "Gornyak" jamoasi o'yin tempini sezilarli darajada oshirdi.

3-bo'lim, 12-daqiqa. "Humo" to'liq tarkibda o'ynamoqda.

3-bo'lim, 10-daqiqa. "Humo" o'yinchisi Aleksandr Dryagilev raqibini to'xtatib qolgani uchun chetlatildi.

3-bo'lim, 9-daqiqa. O'yinda hozircha tenglik. So'nggi daqiqalar nisbatan sokinroq o'tdi.

3-bo'lim, 6-daqiqa. "Humo"da golli vaziyat yuzaga keldi.

3-bo'lim, 5-daqiqa. "Gornyak" to'liq tarkibda.

3-bo'lim, 3-daqiqa. "Gornyak" xokkeychisi Aydar Galimov raqibini chalib yiqitgani uchun chetlatildi.

3-bo'lim, 3-daqiqa. "Humo"da yana bir golli vaziyat yuzaga kelgan edi, ammo samarasiz.

3-bo'lim, 1-daqiqa. Ilk daqiqadayoq vakillarimiz xavfli vaziyat yaratishdi.

3-bo'lim, 1-daqiqa. Xokkeychilar muzga chiqib kelishmoqda.

3-bo'lim, 1-daqiqa. Katta ehtimol bilan so'nggi bo'limning guvohiga aylanishimiz mumkin. Olg'a "Humo".

-----------------------------------------------------------------------------

2-bo'lim, 20-daqiqa. Ikkinchi davr o'z yakuniga etdi, o'n etti daqiqalik tanaffus elon qilindi.

2-bo'lim, 18-daqiqa. "Humo" to'liq tarkibda.

2-bo'lim, 16-daqiqa. "Humo" o'yinchisi Egor Dorofeev raqibini blokirovka qilgani uchun chetlatildi. Bu paytda esa Smiryagin ajoyib seyv qayd etishga ulgurdi.

2-bo'lim, 13-daqiqa. GOOOOOOOOOOOOOOOOOL! 21-raqamdagi Maksiiiim Nazaroooooov hisobni 2:0 ko'rinishiga keltirdi. U hozirgina ikki daqiqalik jarimani o'tab, o'yinga qo'shilgan edi.

2-bo'lim, 11-daqiqa. "Humo"da chetlatish. Rubinchik chetlatildi, uning jarimasini Nazarov o'taydi.

2-bo'lim, 10-daqiqa. "Humo" xokkeychisi to'qnashuvda jarohat olgan ko'rinadi.

2-bo'lim, 9-daqiqa. "Gornyak" to'liq tarkibda.

2-bo'lim, 9-daqiqa. Arenadagi muhit ajoyib, muxlislar "tolko pobeda" istashmoqda.

2-bo'lim, 5-daqiqa. SHAYBAAAAAA! "Humo" uchrashuvda hisobni ochmoqdaaaa! 94-raqamli Egor Dorofeev shayba muallifi! Olg'a "Humo" 

2-bo'lim, 4-daqiqa. "Humo" darvozaboni Smiryagin ajoyib seyv qayd etdi.

2-bo'lim, 4-daqiqa. Ustunlik "Humo"da huddi dastlabki davrdagidek. Ammo vaziyatlardan foydalanish zarur.

2-bo'lim, 1-daqiqa. Ikkinchi bo'lim start oldi.

-----------------------------------------------------------------------------

17 daqiqalik tanaffus!

1-bo'lim, 20-daqiqa. Qizg'in, ammo golsiz o'tgan ilk davr yakunlandi. "Humo" yaqqol ustunlik qildi bu davrda.

1-bo'lim, 15-daqiqa. "Gornyak" xokkeychisi qaerda o'ynayotganini yodidan chiqarib qo'ydi, shekilli!

1-bo'lim, 15-daqiqa. "Gornyak" to'liq tarkibda.

1-bo'lim, 13-daqiqa. "Nomad" o'yinchisi Gaydar Galilov chetlatildi. "Humo" esa to'liq tarkibda o'ynamoqda.

1-bo'lim, 12-daqiqa. "Gornyak" o'zining o'yindagi eng xavfli vaziyatini uyushtirdi. "Toshkent devori" esa har doimgidek o'z o'rnida.

1-bo'lim, 11-daqiqa. O'ynidagi ilk chetlatish Vadim CHebotayovda bo'ldi. "Humo" bir kishi kam. 

1-bo'lim, 10-daqiqa. Jamoalar to'liq tarkibda o'ynamoqdalar, ustunlik "Humo"da faqatgina gol kerak! 

1-bo'lim, 7-daqiqa. "Humo"da yana bir bor golli vaziyat yuzaga kelgan edi. Ammo samarasiz.

1-bo'lim, 5-daqiqa. Yaqqol ustunlik biz tomonda, ammo vaziyatlardan foydalanish zarur.

1-bo'lim, 1-daqiqa. Dastlabki daqiqadayoq bizda xavfli vaziyat yuzaga keldi.

1-bo'lim, 1-daqiqa. Uchrashuv start olmoqda. Uchrashuvni bokschimiz Murodjon Ahmadaliev ramziy tarzda boshlab beradi.

-----------------------------------------------------------------------------

Uchrashuv 19:00da strat oladi.

Bosh hakamlar: Moraev Timur, Konstantin CHubenko.

"Humo"ning kengaytirilgan tarkibi: Roman Smiryagin, Damir SHaymardanov, Stanislav Borovikov, Denis Davydov, Aleksandr Dryagilev, Nikita Zimin, Daniil Kurashov, Mark Rubinchik, Vadim CHebotarev, Egor Dorofeev, Vladimir Juravlev, Igor Ignatushkin (K), Andrey Karavaev, Denis Kondratev, Vadim Kravchenko, Andrey Legalin, Maksim Nazarov, Artyom Pylaev, Javoxir Rasulov, Anton Rextin (A), German Saukov, Maksim Trunev (A).

"Gornyak"ning kengaytirilgan tarkibi: Nikita Akulinin, Ilya Ligay, Viktor Ivashin, Aleksandr Katkov, Aleksandr Kurshuk (K), Valeriy Sadikov (A), Daniil Soltan, Nikita Xarkin, Danil SHHyokin, Aydar Galimov, Denis Gurev, Igor Kalinychev, Aleksey Kozorez, Maksim Kunishnikov, Konstantin Palmtag, Dmitriy Parxomenko, Evgeniy Stepanov, Vyacheslav SHaripov, Artur SHetle, Ivan SHiryaev, Oskar Yulbarisov (A), Arslan Yamalov.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing