So’nggi yangiliklar

15:37Аёллар Осиё Чемпионлар Лигаси. "Насаф" сафарда "Ист Бенгал" жамоасини йирик ҳисобда таслим этди 0 15:13Ар-Риёдда Ring IV: Night of the Champions бокс оқшоми ўтказилди 0 14:48Ёш гандболчиларимиз Жаҳон чемпионатига йўлланма олишди 0 14:25Разамбек Жамалов Арман Царукянни ғалаба билан табриклади (ФОТО) 0 13:58Суперлига охирги тур учрашувлари бошланиш вақти маълум 0 13:34Билол Муҳаммад Иан Гэрридан учралган мағлубияти ҳақида фикр билдирди 0 13:07Тошкентда Президент Олимпиадаси бошланмоқда 0 12:40Ислом бирдамлиги ўйинларида иштирок этган паралимпиячиларимиз Ватанга қайтишди 0 12:13"Олтин тўп" соҳиби майдонга қайтишга яқин 0 11:52Чимаев ва Гэрри кечаги UFC турниридан кейин юзага келган можарога изоҳ беришди 0 11:31Арман Царукян Илия Топурияни октагонга чорлади 0 11:10Белал Муҳаммадни мағлуб этган Йен Гарри Ислам Махачевга мактуб қолдирди 0 10:49Виталий Левченко Ўзбекистон чемпиони бўлган тўққизинчи хорижлик мураббий! 0 10:28Қатардаги UFC турнири бонус соҳиблари маълум 0 10:07Пойтахтимиз бокс бўйича йирик халқаро йиғинга мезбонлик қилмоқда (ВИДЕО) 0

26 okt 21:35
Yangiliklar

Xokkey

"Humo" Toshkentda musobaqa peshqadami - "Sariarka"ga qarshi uchinchi o'yinini o'tkazdi

Teglar :  HumoSariarka
Toshkentning "Humo" xokkey klubi Qozog'iston ochiq chempionati navbatdagi turi doirasidagi o'yinini o'tkazdi.

Bugun Toshkentning "Humo" xokkey klubi Qozog'iston Pro Ligasi 15-turi doirasida Qarag'andaning "Sariarka" jamoasiga qarshi uchinchi o'yinini o'tkazdi. Qarag'andada o'tgan dastlabki ikki matchning ikkalasi ham "Sariarka" foydasiga hal bo'lgan edi. Bugungi uchrashuv overtaymda kiritlgan gol evaziga 3:2 hisobida "Humo" foydasiga hal bo'ldi. Ushbu g'alabadan so'ng toshkentliklar turnir jadvalida 18 ochkoga ega bo'lgan holda 4-o'ringa ko'tarilib olishdi. Navbatdagi o'yin ertaga, 19:00da, "Sariarka"ga qarshi to'rtinchi bor bo'lib o'tadi.

Qozog'iston ochiq chempionati. 15-tur

"HUMO" – "SARIARKA" 3:2 (2:0, 0:0, 0:2, 1:0)

26 oktyabr - 19:00, Toshkent, "Humo Arena" muz saroyi, 3418 tomoshabin

Gollar: 1:0 - 13 Ignatushkin, 2:0 - 14 Kirillov, 2:1 - 52 Borisevich, 2:2 - 52 Parxomenko, 3:2 - 62 Juravlyov.

Bosh hakamlar: Vladimir Suslov, Sergey Sobolev.
CHiziq hakamlari: Roman Voronin, Temirlan Kajenov.

"HUMO" – (20) Dmitriy Malgin, (29) Damir SHaymardanov, (59) Stanislav Borovikov, (27) Denis Davydov, (6) Ilya Davydov, (3) Aleksandr Dryagilev, (81) Aleksey Kirillov, (28) Daniil Kurashov, (23) Vadim CHebotarev, (15) Artyom Burdelyov, (82) Artyom Valeev, (94) Egor Dorofeev, (64) Vladimir Juravlev, (18) Igor Ignatushkin (K), (57) Andrey Karavaev, (7) Vadim Kravchenko, (66) Javoxir Rasulov, (45) Anton Rextin (A), (72) German Saukov, (71) Maksim Trunev (A), (89) Aleksey Cyplakov, (17) Timur SHingareev.

"Sariarka" – (90) Denis Karataev, (50) Artyom Mikushin, (81) Arseniy Borisov, (73) Oleg Gofman, (69) Nikita Kleshhenko, (74) Egor Ogienko, (22) Ignat Xolkin, (9) Deniss Fjodorovs, (65) Aleksandr Ananichev, (19) Kirill Belyaev (A), (89) Aleksandr Borisevich, (77) Sayan Daniyar (K), (61) Ruslan Dyomin, (92) Anton Zlobin, (24) Dmitriy Ismagilov, (75) Andrey Lagunov (A), (97) Zaxar Parxomenko, (98) Kirill Ponomaryov, (85) Artyom Rasulov, (76) Andrey Yakovlev.

Ogohlantirishlar: Belyaev (4), Valeev (11), Kirillov (18), Rextin (25), Ismagilov (30), Parxomenko (37), Lagunov (53), Borovikov (59).

Matnli translyaciya:
SAHIFANI YANGILASH



-----------------------------------------------------------------------------

OT, 2-daqiqa. Uchrashuv yakunlandi. G'alaba muborak do'stlar!

OT, 2-daqiqa. GOOOOOOOL! "Humo" g'alaba qozonmoqdaaaaaaa! Peshqadamni mag'lub etgan ilk jamoa! Vladimir Juravlyov shayba muallifi!

OT, 1-daqiqa. "Humo" jamoasi to'liq tarkibda o'ynamoqda.

OT, 1-daqiqa. Overtaymning ilk daqiqasi start oldi! 

-----------------------------------------------------------------------------

3-davr, 20-daqiqa. Uchinchi davr durang bilan yakunlandi, navbat overtaymga! Uch daqiqalik tanaffus.

3-davr, 19-daqiqa. "Humo" o'yinchisi Stanislav Borovikov raqibini turtib yuborgani uchun kichik jarima bilan jazolandi.

3-davr, 19-daqiqa. "Sariarka" 30 soniyalik taym-aut oldi.

3-davr, 15-daqiqa. "Sariarka" to'liq tarkibda o'ynamoqda.

3-davr, 13-daqiqa. Bugungi uchrashuvni bevosita arenadan 3418 nafar muxlis kuzatib bormoqda!

3-davr, 13-daqiqa. "Sariarka" o'yinchisi Andrey Lagunov kichik jarima bilan chetlatildi.

3-davr, 12-daqiqa. GOL! Nimalar bo'lyapti "Humo"ga! Yana bir shayba Malgin darvozasidan joy oldi. "Humo" taym-aut oldi.

3-davr, 12-daqiqa. GOL! Afsuski, Malgin o'z darvozasidan shayba olib chiqishga majbur! 89-raqamli Aleksandr Borisevich shayba muallifi!

3-davr, 10-daqiqa. "Sariarka" jamoasida golli vaziyat yuzaga kelgan edi, ammo himoyachi va darvozabonimiz yaxshi harakat qilishdi.

3-davr, 4-daqiqa. "Humo" uchrashuvda uchinchi golni kiritishga muvaffaq bo'lgan edi, ammo hakamlar bu vaziyatda himoyachiga nisbatan qo'pollik ishlatilgan deb topdi.

3-davr, 1-daqiqa. Uchrashuvning uchinchi, katta ehtimol bilan so'nggi davri boshlandi! Olg'a "Humo"!

-----------------------------------------------------------------------------

2-davr, 20-daqiqa. Uchrashuvning ikkinchi davri yakunlandi. O'n etti daqiqalik tanaffus!

2-davr, 19-daqiqa. "Sariarka" to'liq tarkibda o'ynamoqda.

2-davr, 17-daqiqa. "Sariarka" bosh murabbiyi kichik jarima bilan jazolandi. Jazoni 97-raqamdagi Zaxar Parxomenko o'taydi.

2-davr, 17-daqiqa. "Humo" o'yinchisi birga-bir vaziyatdan foydalana olmadi, afsuski.

2-davr, 12-daqiqa. Ismagudov o'yinga qaytdi, "Sariarka" to'liq tarkibda o'ynamoqda.

2-davr, 10-daqiqa. "Sariarka"ning 24-raqamli o'yinchisi Dmitriy Ismagulov raqibini chalib yiqitgani uchun kichik jarima bilan chetlatildi.

2-davr, 7-daqiqa. "Humo" to'liq tarkibda o'ynamoqda.

2-davr, 5-daqiqa. Raqibiga klyushka bilan zarba bergani uchun "Humo" o'yinchisi Anton Rextin kichik jarima bilan jazolandi.

2-davr, 3-daqiqa. Birga-bir vaziyatga chiqib ketgan "Humo" o'yinchisi yiqitildi, hakam qarorini kutamiz.

2-davr, 1-daqiqa. Ilk daqiqadayoq vakillarimizda xavfli hujum yuzaga kelgan edi, ammo darvozabon ham yaxshi harakatlandi.

2-davr, 1-daqiqa. Uchrashuvning ikkinchi davri boshlandi! Olg'a "Humo"!

-----------------------------------------------------------------------------

1-davr, 20-daqiqa. Uchrashuvning birinchi davri yakunlandi. O'n etti daqiqalik tanaffus!

1-davr, 20-daqiqa. Kirillov o'yinga qaytdi.

1-davr, 18-daqiqa. "Humo" o'yinchisi Aleksey Kirillov ikki daqiqaga chetlatildi.

1-davr, 14-daqiqa. GOOOOOOOL! 81-raqamdagi Aleksey Kirillov hisobni 2:0 ko'rinishiga keltirmoqda.

1-davr, 13-daqiqa. GOOOOOOOL! "HUMO" jamoasi o'yinda hisobni ochmoqda! Artyom Valeev va Vadim CHebotaryovning uzatmasidan so'ng, Ignatushkin shaybani darvozaga joylab qo'ydi.

1-davr, 13-daqiqa. "Humo" jamoasi to'liq tarkibda o'ynamoqda.

1-davr, 11-daqiqa. Jamoaviy tarkibni buzgani uchun "Humo" jamoasi kichik jarima bilan jazolandi. Jazoni 82-raqamdagi Artyom Valeev o'taydi.

1-davr, 9-daqiqa. 19-raqamdagi "Sariarka" o'yinchisi Kirill Belyaev o'yinga qaytdi.

1-davr, 4-daqiqa. Raqibini turtib yuborgani uchun "Sariarka" o'yinchisi Kirill Belyaev besh daqiqaga chetlatildi.

1-davr, 4-daqiqa. Ketma-ket hujumlardan so'ng "Humo"da ikki bor golli vaziyat yuzaga keldi.

1-davr, 1-daqiqa. Uchrashuv boshlandi!

-----------------------------------------------------------------------------

Uchrashuv 19:00da start oladi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing