07 dek 11:02
Yangiliklar
Xokkey

"Humo" VXL klubidan himoyachi oldi
Toshkentning "Humo" xokkey klubi o'yinlar oralig'ida tarkibga yangi xokkeychini qo'shib oldi.
Jamoa himoyachi Egor Zebzeev bilan shartnoma imzoladi. 21 yoshli sportchi joriy mavsumni VXLning "CHelni" klubida o'tkazayotgan edi. U o'tgan mavsumni ham aynan mazkur jamoa safida o'tkazgan.
Egor Zebzeev "qanotlilar" tarkibida 55-raqamda harakat qiladi. "Humo" keyingi o'yinlarini 10-11 dekabr kunlari Ust-Kamenogorsk (Qozog'iston) shahrida "Torpedo"ga qarshi o'tkazadi.
Havola :
Manba : hchumo.uz
Fikrlar