07 apr 15:39
Yangiliklar
"Humo" xokkeychilari agar O'zbekiston terma jamoasidan taklif bo'lsa nima qilishardi?
Unda xokkeychilar muxlislar tomonidan yo'llangan savollarga javob berishdi.
"Agar O'zbekiston terma jamoasi sharafini himoya qilish taklifi bildirilsa bunga qanday javob berardingiz?" degan savolga xokkeychilar quyidagicha javob berishdi:
Artyom Voronin: "Avval ushbu taklif bo'lsin. Agar haqiqatdan ham bo'lsa nima uchun ko'rib chiqmaslik kerak? Ushbu savolga 100 foiz yo'q deb javob bera olmayman. Vaziyatga va taklifga bog'liq".
Evgeniy Grigorenko: "Tushunishim bo'yicha O'zbekiston fuqaroligini olsam Rossiya passportidan voz kechishim lozim. Bu oddiy masala emas. Qiyin savol. Buning masuliyati bor".
Pavel Zdunov: "Yigitlar to'g'ri javob berishdi. Men ham ushbu savolga darhol xa yoki yo'q deb javob bera olmayman. Lekin uni ko'rib chiqishim mumkin".
Videokonferenciyani tomosha qiling:
Fikrlar