04 may 18:20
Yangiliklar
Xokkey
"Humo" xokkeychisi: Jon-jon deb Toshkentda qolgan bo'lardim, ammo...
"Humo"ning yana bir xokkeychisi boshqa klubda o'ynaydigan bo'ldi.
Klub matbuot xizmatining xabar berishicha, Pavel Sinyavskiy Xanti-Mansiyskning "Yugra" jamoasi sharafini himoya qiladigan bo'ldi.
"Humo"dagi mavsum men uchun omadli bo'ldi. Jon-jon deb kelasi mavsumda ham Toshkentda qolgan bo'lardim, lekin koronavirus bilan bog'liq vaziyat yuzaga keldi. "Yugra"dan taklif olganimdan xursandman. Umid qilamanki barchasi yaxshi va omadli bo'ladi", - dedi Sinyavskiy.
Eslatib o'tamiz, avvalroq Artyom Voronin ham "Yugra"ga o'tgani haqida xabar qilingandi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar