03 may 16:10
Yangiliklar
Xokkey
"Humo" xokkeychisi Roman Tatalindan kutilmagan qaror
O'tgan mavsum davomida "Humo" sharafini himoya qilgan Roman Tatalin Belarus chempionatiga yo'l olishga qaror qildi.
Bu haqida "Humo" matbuot xizmati xabar qildi.
Endi u Minskning "Yunost-Minsk" jamoasi sharafini himoya qiladi.
Tajribali xokkeychining Belarus variantini tanlashi ko'pchilikni hayron qoldirgani tabiiy.
"O'tgan mavsumdan mamnunman. Toshkentdagi muhit, muxlislar bilan to'lgan arena meni yaxshi manoda hayron qoldirdi. Muxlislar tomonidan bunday munosabatni men hali uchratmagandim. Agar yana "Humo"da o'ynash imkonyati paydo bo'lsa jon-jon deb bunga rozi bo'laman. Bugungi kunga kelib VXLning ko'plab jamoalaridan taklif bor edi, ammo men o'zimni Evropada, "Yunost-Minsk"da sinab ko'rishga qaror qildim", - dedi Tatalin.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar