So’nggi yangiliklar

11:10Бокс. IBA Президенти кубогида 12 нафар боксчи билан иштирок этамиз 0 10:28Халқаро велоспорт федерацияси президенти Давид Лаппартьян Тошкентга келди 0 09:50Хамзат Чимаев: «Уларнинг барчасини синдирмагунимча кетмайман» 0 09:05Суперлига. Бугун 29-турга старт берилади 0 08:34Дёрн UFC 338 турнирида чемпионлик камарини ҳимоя қилади 0 08:03Жавоҳир Синдаров: "Баъзи нарсалар устида ишлашим керак" 0 07:32Қозоғистон спортни молиялаштириш қоидаларини ўзгартиряпти: спортчи ва мураббийлар учун нималар ўзгаради? 0 07:01Sofascore. Ўзбекистон U17 терма жамоаси аъзолари кечаги ҳаракатлари учун неча баҳо олди? 0 19:03"Кўчадаги жангда қоидалар бўлмайди". Бразилиялик спортчи Нурмагомедовни қўллаб-қувватлади 0 18:29Диёра Келдиёрова азалий рақиби — Ута Абе билан Японияда тўқнаш келиши мумкин! 0 17:44Рамазон Темировдан мағлуб бўлган Чарльз Жонсон ҳамюртимизни яна танқид қилди 0 17:08МЮ Саудия Арабистони чемпионатидан футболчи сотиб олмоқчи 0 16:30Гандбол. Осиё чемпионатида Қозоғистонга мағлуб бўлдик 0 15:45Даниэль Дюбуа WBO титулини кимдан ҳимоя қилиши маълум бўлди 0 15:02Нодирбек Абдусатторов Лондон турнирини ғалаба билан бошлади 0

11 jan 08:32
Yangiliklar

Xokkey

"Humo" yana kambek qildi, "qanotlilar" muddatidan oldin pley-offda!

Teglar :  HumoKulager
Poytaxtimizda xokkey bo'yicha Qozog'iston chempionatidan o'rin olgan "Humo" va "Kulager" jamoalari o'rtasidagi ikkinchi o'yin bo'lib o'tdi.

Ilk uchrashuvda "Humo" Qozog'iston klubini 5:3 hisobida mag'lubiyatga uchratgan edi. Kechagi ikkinchi o'yinda ham muz egalari ikki shayba farqi bilan zafar quchishdi. "Humo" bu safar ham kambek evaziga g'alabani o'z tomoniga og'dirib oldi. Birinchi bo'lib o'z darvozasidan gol o'tkazib yuborgan mezbonlar uchinchi bo'limda g'alaba shaybasini kiritishga muvaffaq bo'lishdi. Andrey Pavlenko xet-trik muallifiga aylandi. 

Ushbu g'alabadan keyin "qanotlilar"ning ochkolari 45 taga etdi va jamoa uchinchi o'rinni egallab turibdi. Ikkinchi pog'onadagi "Kokshetau" hisobida ham 45 ochko bor. "Humo" muddatidan oldin pley-off yo'llanmasini qo'lga kiritdi. Qolgan uchrashuvlarda qanday natija qayd etilishidan qati nazar, "Humo" Top-8`talikdan tushib ketmaydi. 

Endi "Humo" ketma-ket 4 ta uchrashuvni mehmonda o'tkazadi. "Qanotlilar" 17-18 yanvar kunlari Rudniyning "Gornyak", 21-22 yanvar kunlari esa "Aktobe" jamoasiga qarshi muzga chiqishadi. Keyin esa mavsumning so'nggi 4 ta o'yinini "Humo" o'z muxlislari ko'z o'ngida o'tkazadi. 26-27 yanvar kunlari "Arlan", 31 yanvar va 1 fevral kunlari "Nomad" Toshkentda mehmon bo'ladi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing