03 dek 21:36
Yangiliklar
"Humo"da g'alaba, peshqadam esa o'z uyida yutqazdi
Toshkentning "Humo" klubi "Alpomish" ko'ptarmoqli majmuasida Qozog'istonning "Gornyak" klubini qabul qilib, 5:3 hisobida g'alaba qozondi. Bugungi g'alaba "qanotlilar"ni yana musobaqa peshqadamiga aylantirdi. Boisi, peshqadam "Arlan"o'z maydonida "Aktobe" jamoasiga 2:3 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Bugungi g'alabadan so'ng "Humo" 54 ochko bilan yana birinchi o'ringa ko'tarilib oldi. "Arlan" esa 53 ochko bilan ikkinchi o'ringa pastladi. Uchinchi pog'onadan joy olgan Astananing "Nomad" klubi hisobida 41 ochko bor. Bugun "Humo"ga yutqazgan Rudniyning "Gornyak" jamoasi 36 ochko bilan 5-pog'onadan joy olgan.
Eslatib o'tamiz, noyabr oyida o'tkazilgan ikkita bahsning birida "Humo" (4:1), ikkinchi bellashuvida esa "Gornyak" g'alaba (7:2) qozongan edi.
Fikrlar