So’nggi yangiliklar

15:20Теремоанани Жалолов билан эҳтимолий жангдан огоҳлантиришди 0 14:43Дю Плесси жамоаси Анкалаев билан жанг таклифини рад этган 0 13:56МЮ сардори кечаги мағлубиятдан сўнг мураббийлар штабини кескин танқид қилди 0 13:44Ислам Махачев Ўзбекистонга келади 0 13:13Жаҳон чемпионати олдидан Ўзбекистон таркибида икки ўзгариш юз берди. Разамбек Қозоғистонга бормайди! 0 12:21Шоҳжаҳон Эргашев чақирувларга жавоб қайтарди 0 11:34Мовсар Евлоев: "Аввал чемпионлик камарини қўлга киритаман, кейин эса тажриба ўтказамиз" 0 10:24"Жуда яхши рақиблар". Карпин — Россия терма жамоасининг Ўзбекистон ва Венесуэлага қарши ўйинлари ҳақида 0 09:40Ҳозирда шахмат тарихидаги энг ёш гроссмейстер ким? 0 08:37Дастин Порье Рамазон Темировнинг жанги ҳақида гапирди 0 19:41Майк Мэлотт UFC 336 турнирида иштирок этади 0 19:03Манба: Каннаваро Мексика ёки АҚШ клубларини бошқариш имкониятини кўриб чиқмоқда 0 18:25Guangzhou Challenger: Ҳумоюн Султоновни чорак финал остонасида тўхтатишди 0 17:44"У кучли зарба берадиган жангчи". Кавана жанг олдидан Рамазон Темиров ҳақида гапирди 0 16:55Жанибек Алимханули WBO камари учун жанг қилади 0

07 may 14:52
Yangiliklar

Xokkey

"Humo"dan so'ng Xitoy klublari ham VXLda ishtirok eta olmaydigan bo'ldimi?

Teglar :  XokkeyHumo
VXLda yana yo'qotishlarga uchramoqda.

"Humo"dan so'ng Xitoyning uch jamoasi - KRS-BSU, "Ceng Tou" va OERDJI jamoalari ham navbatdagi mavsumda VXLda ishtirok eta olmasliklarini malum qilishdi. 

Xitoyning KXLda qatnashadigan "Kunlun Red Star" klubi taqdiri ham hozircha nomalum. 

"Kunlun Red Star" klubi tashkil etilganidan so'ng uning xo'jayinlari va homiylari haqida ochiq malumotlar elon qilinmagan. OAVda uning egasi milliardek Yan YU Ngok ekanligi aytiladi. Uning Krasnoyarsk o'lkasida yaqinda gaz va oltin konlarini sotib olgan Rotenberg va Timchenkolarga aloqasi bor. Aslida "Kunllun"da asosiy rol o'ynaydigan inson KXL direktorlar kengashi va SKA prezidenti Gennadiy Timchenko hisoblanadi. Ngokning o'zi esa bazi malumotlarga qaraganda yaqin vaqtlargacha xokkey nimaligini ham tushunmagan.

Xitoy klublari KXLga xalqaro maqomini berish va g'arbga Rossiya va Xitoyning do'stlik aloqalarini ko'z-ko'z qilish uchun kerak bo'lgan siyosiy loyiha edi. (bening uchun "Sila Sibiri" nomli gazoprovod ham 1,1 trillion rubl evaziga barpo etilgan, garchi iqtisodiy tomonlama Rossiyaga foydasi bo'lmasada). 

Xitoyda xokkeyni rivojlantirish bo'yicha haqiqatdan ham rejalar katta edi. KXL, VXL, MXLga vaqtida ayollar jamoalari ham qo'shildi. Ular o'z vaqtida Kanadaning CWHL ligasida o'ynashgandi. Homiylik uchun Xitoyning Beijing Shougang, Vanke, ORG Packaging kabi yirik korporaciyalari jalb qilingandi. 

Lekin yuzaga kelgan koronavirus saab vaziyat o'zgardi - chegaralar yopiq, neft va gaz uchun narxlar tushib ketdi, "Sila Sibiri" gazoprovodi ishga tushganidan bir necha oy o'tib yopildi. Bunday vaziyatda Rossiya pullari evaziga amalga oshiriladigan Xitoy xokkey klublarining kelgusi taqdiri so'roq ostida qolmoqda. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing