04 iyu 09:47
Yangiliklar
Xokkey

"Humo"ning kelajagi nima bo'ladi? Xokkeychilar va xodimlardan javob olindi
"Golovoy Ob Lyod" loyihasi Toshkentning "Humo" xokkey klubi vakillari bilan bog'lanib, vaziyat bo'yicha malumot berdi.
"Yangi mavsum bilan bog'liq vaziyatga oydinlik kiritish maqsadida bir qator "Humo" xokkeychilari va xodimlari bilan bog'landik. Barchasi bir ovozdan hech kim ular bilan bog'lanmaganini va "Humo" yangi mavsumda o'ynaydimi? qabilidagi asosiy savolga aniq javob yo'qligini takidlamoqda.
Yig'inlar uchun reja, ro'yxat yo'q, garchi iyul oyi bo'lsa-da. Hattoki jimib ketgan "Baris" ham, 1 avgustda tatildan qaytib, sentyabr oyida "Sibir"ga qarshi o'ynashini allaqachon malum qilgan.
"Humo" klubi xodimlari bu "jimlik" juda qo'rqinchli ekanini tan olishdi. Ular jamoaning yangi mavsumni odatdagidek boshlashiga ishonishmayapti", deyiladi xabarda.
Havola :
Manba : t.me/GolovoiObLed
Fikrlar