So’nggi yangiliklar

16:16Ўзбекистон профессионал бокс федерацияси уч спортчини четлатиш масаласини кўриб чиқмоқда 0 15:20Теремоанани Жалолов билан эҳтимолий жангдан огоҳлантиришди 0 14:43Дю Плесси жамоаси Анкалаев билан жанг таклифини рад этган 0 13:56МЮ сардори кечаги мағлубиятдан сўнг мураббийлар штабини кескин танқид қилди 0 13:44Ислам Махачев Ўзбекистонга келади 0 13:13Жаҳон чемпионати олдидан Ўзбекистон таркибида икки ўзгариш юз берди. Разамбек Қозоғистонга бормайди! 0 12:21Шоҳжаҳон Эргашев чақирувларга жавоб қайтарди 0 11:34Мовсар Евлоев: "Аввал чемпионлик камарини қўлга киритаман, кейин эса тажриба ўтказамиз" 0 10:24"Жуда яхши рақиблар". Карпин — Россия терма жамоасининг Ўзбекистон ва Венесуэлага қарши ўйинлари ҳақида 0 09:40Ҳозирда шахмат тарихидаги энг ёш гроссмейстер ким? 0 08:37Дастин Порье Рамазон Темировнинг жанги ҳақида гапирди 0 19:41Майк Мэлотт UFC 336 турнирида иштирок этади 0 19:03Манба: Каннаваро Мексика ёки АҚШ клубларини бошқариш имкониятини кўриб чиқмоқда 0 18:25Guangzhou Challenger: Ҳумоюн Султоновни чорак финал остонасида тўхтатишди 0 17:44"У кучли зарба берадиган жангчи". Кавана жанг олдидан Рамазон Темиров ҳақида гапирди 0

04 jan 18:13
Yangiliklar

Xokkey

"Humo"ning navbatdagi uy o'yinlari seriyasi boshlanmoqda. Qozog'iston klublari Toshkentda mehmon

Teglar :  XokkeyHumoVXL
Yakshanba kuni Toshkentda navbatdagi xokkey bayrami start oladi.

Toshkentliklar chempionatdagi 39 o'yindan so'ng "Konferenciya 1"da 7-o'rinni egallab turibdilar. Bu esa pley-off bosqichida kurashni davom ettirish uchun etarli. Yangi yilning dastlabki to'rtta o'yini turnir jadvalidagi o'rinlarni yaxshilab olish uchun yaxshigina imkoniyatdir. 

Yangi yil oldidan "Humo" KXLning "Sibir" jamoasi bilan hamkorlik borasida kelishuvga erishdi. Novosibirskdan serquyosh O'zbekistonga ikki nafar mahoratli xokkeychi tashrif buyurishi mumkin. SHuningdek, yaqinda "Humo"ni tark etgan darvozabon Pavel Nechistovsk o'rniga ham yangi darvozabonni ko'rib qolishimiz mumkin. Toshkentliklar tarkibida betakror Roman Smiryagin bor. U yaqindagina VXL doirasida hafta darvozaboni unvoniga sazovor bo'ldi. Ammo, pley-offda ishtirok etishni maqsad qilgan jamoaga ikki nafar yaxshi darvozabon kerak bo'ladi. 

Ertaga "Humo Arena"ga tashrif buyuradigan muxlislarni nima kutmoqda? Malumki, har bir o'yin oldidan arenaga faxriy mehmonlar tashrif buyurishadi. Bu safar esa "Humo"da Sabina Mustaeva mehmon bo'ladi. 

7 yanvar kuni esa tadbirlar "Humo. Bolalar" shiori ostida tashkil etiladi. Harbiy orkestr ishtirokida davlat madhiyasini eshitishga nima deysiz? Sovg'alar, tanlovlar va syurprizlargachi?


"Humo Arena"da yaqin orada bo'ladigan o'yinlar:

5 yanvar, yakshanba, 17:00: "Humo" - "Metallurg" (Novokuzneck)

7 yanvar, seshanba, 19:30: "Humo" - "Torpedo (Ust-Kamenogorsk)

9 yanvar, payshanba, 19:30: "Humo" - "Nomad" (Nur-Sulton)

11 yanvar, shanba, 17:00: "Humo" - "Sariaka" (Karaganda). 

Qishki tatil davomida "Humo Arena"ga tashrif buyuring va haqiqiy xokkey bayramiga guvoh bo'ling! 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing