So’nggi yangiliklar

10:24"Жуда яхши рақиблар". Карпин — Россия терма жамоасининг Ўзбекистон ва Венесуэлага қарши ўйинлари ҳақида 0 09:40Ҳозирда шахмат тарихидаги энг ёш гроссмейстер ким? 0 08:37Дастин Порье Рамазон Темировнинг жанги ҳақида гапирди 0 19:41Майк Мэлотт UFC 336 турнирида иштирок этади 0 19:03Манба: Каннаваро Мексика ёки АҚШ клубларини бошқариш имкониятини кўриб чиқмоқда 0 18:25Guangzhou Challenger: Ҳумоюн Султоновни чорак финал остонасида тўхтатишди 0 17:44"У кучли зарба берадиган жангчи". Кавана жанг олдидан Рамазон Темиров ҳақида гапирди 0 16:55Жанибек Алимханули WBO камари учун жанг қилади 0 16:06"Сабаҳ" — жорий мавсум ушбу натижага эришган EЧЛдаги биринчи жамоа! 0 15:17Хргович Уордлига фаолиятини якунлашни маслаҳат берди 0 14:18Шакур Стивенсон Zuffa Boxing’дан кетганини эълон қилди 0 13:19Шожҳаҳон Эргашевни Озарбайжон ва Қирғизистондан жангга чорлашди 0 12:28Ламин Ямаль жорий мавсум Топ-5 лигаларда биринчи бўлиб ушбу натижага эришди 0 11:37Йэн Гэрри шу йилнинг охиригача яна жанг қилади — манба 0 09:46Жавоҳир Умматалиевнинг жанг санаси ва манзили ўзгарди 0

23 iyu 17:40
Yangiliklar

Xokkey

"Humo"ning rossiyalik sobiq matbuot kotibi: "Klub yangi mavsumni o'tkazib yuborishi 3 oy oldin aniq bo'lgandi, lekin..."

Toshkentning "Humo" xokkey klubi matbuot xizmati sobiq vakili Aleksandr Malishev "qanotlilarning" professional mavsumni o'tkazib yuborishi ancha avval oydinlashganini takidladi.

"Jamoada yarim professional maqomga ega bo'lgan O'zbekiston ichki chempionatida o'ynash varianti bor. Garchi bu darajada ham jamoani kadrlar bilan taminlash haqida gap-so'zlar yo'q bo'lsa-da. Bu erda aniq bo'lgan narsa – bosh homiy ERIELL moliyaviy jihatdan qiyin kunlarni boshdan kechirmoqda. Lekin "Tashkent Select" yoshlar jamoasi saqlanib qolishi kerak. Bo'lmasa, O'zbekiston milliy va o'smirlar terma jamoalarining asosi qaerda o'sadi? Xabarlardan ko'rinib turibdiki, jamoa Qozog'iston Kubogini o'tkazib yuboradi. Aytishlaricha, Jastar xokkey ligasi chempionatidagi ishtirok uchun hali moliyaviy kafolatlar berilmagan.

Ayni paytda terma jamoa azolari tatildan qaytib, O'zbekistonning tog'li hududi – Dukentda mavsumoldi mashg'ulotlarini o'tkazmoqda. SHundan so'ng Tataristonda yig'in o'tkazishi rejalashtirilgan.

Ko'rinishidan hammasi joyida va mavsumga tizimli yondashilayotgandek tuyuladi. Biroq o'sish uchun moliyaviy holat yaxshi bo'lishi kerak. Aks holda, mavsum oldidan qilingan barcha sarf-xarajatlar zoe ketadi – "Humo Arena" butun kuz faslida koncertlarga to'la, shu bois O'zbekiston chempionatini jiddiy ravishda kengaytirish muammoli. Va dekabrdan oldin uning boshlanishini taxmin qilish ham qiyin. O'zbekistonda xokkey uchun og'ir kunlar. Bu suratda rivojlanish 5 yil orqaga ketadi", – deydi Aleksandr Malishev.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing