16 avg 07:37
Yangiliklar
Xokkey
"Humo"ning Toshkentdagi ilk o'yini sanasi o'zgardi
Xokkey bo'yicha Qozog'iston Ochiq chempionati taqvimida o'zgarish yuzaga keldi.
Gap Toshkentning "Humo" hamda Qarag'andaning "Sariarka" klublari haqida ketmoqda. Jamoalar kelishgan holda o'yinlar o'tkaziladigan joylarni o'zgartirdi.
Natijada, klublar o'rtasidagi ilk o'yin 13-14 sentyabr kunlari Toshkentda o'tadigan bo'ldi. Javob seriyasi doirasidagi uchrashuvlar esa 21-22 dekabr kunlari Qarag'anda shahrida bo'lib o'tadi.
Malumot o'rnida, "qanotlilar" mavsumni 9 sentyabr kuni Ostona shahrida "Nomad" jamoasiga qarshi uchrashuv bilan boshlashadi.
Havola :
Fikrlar