So’nggi yangiliklar

17:02Каррик: "Мен айбни тўлиқ ўз зиммамга оламан" 0 16:16Ўзбекистон профессионал бокс федерацияси уч спортчини четлатиш масаласини кўриб чиқмоқда 0 15:20Теремоанани Жалолов билан эҳтимолий жангдан огоҳлантиришди 0 14:43Дю Плесси жамоаси Анкалаев билан жанг таклифини рад этган 0 13:56МЮ сардори кечаги мағлубиятдан сўнг мураббийлар штабини кескин танқид қилди 0 13:44Ислам Махачев Ўзбекистонга келади 0 13:13Жаҳон чемпионати олдидан Ўзбекистон таркибида икки ўзгариш юз берди. Разамбек Қозоғистонга бормайди! 0 12:21Шоҳжаҳон Эргашев чақирувларга жавоб қайтарди 0 11:34Мовсар Евлоев: "Аввал чемпионлик камарини қўлга киритаман, кейин эса тажриба ўтказамиз" 0 10:24"Жуда яхши рақиблар". Карпин — Россия терма жамоасининг Ўзбекистон ва Венесуэлага қарши ўйинлари ҳақида 0 09:40Ҳозирда шахмат тарихидаги энг ёш гроссмейстер ким? 0 08:37Дастин Порье Рамазон Темировнинг жанги ҳақида гапирди 0 19:41Майк Мэлотт UFC 336 турнирида иштирок этади 0 19:03Манба: Каннаваро Мексика ёки АҚШ клубларини бошқариш имкониятини кўриб чиқмоқда 0 18:25Guangzhou Challenger: Ҳумоюн Султоновни чорак финал остонасида тўхтатишди 0

15 noy 07:00
Yangiliklar

Xokkey

"Humo"ning uy o'yinlari seriyasi start olmoqda: Bu safar Toshkentda xitoyliklar mehmon bo'lishadi

Bugun Toshkentning "Humo" jamoasi Toshkentda navbatdagi uy o'yinlari seriyasini boshlaydi.

Bu safargi seriyada poytaxtimizga Xitoy klublari mehmon sifatida tashrif buyurishmoqda. 

VXL turnir jadvaliga nazar tashlar ekanmiz, oldinda turgan uchta o'yin "Humo"da muhim ochkolarni jamg'arib olish uchun ajoyib imkoniyat mavjud ekanligiga guvoh bo'lishimiz mumkin. 

Jamoamiz bugun Pekinning "ORDJI" jamoasiga qarshi muz ustiga chiqadilar. "Humo" hozircha 22 ta o'yindan so'ng 22 ochko jamg'argan holda, 25-o'rindan joy olgan. "ORDJI" esa 24 ta o'yindan so'ng 22 ochko jamg'argan va 24-o'rinni egallab turibdi. CHempionatda yonma-yon ketayotgan jamoalar o'rtasidagi o'yinda umid qilamizki, mezbon faktori toshkentliklarga yordam beradi. Bunda albatta muxlislarning qo'llab-quvvatlashlari muhim ahamiyat kasb etadi. 

SHunday ekan, sizni bugun soat 19:00da "Humo Arena"da kutib qolamiz. 

Toshkentda katta xokkey. "Humo" ishtirokidagi o'yinlarga borishingiz uchun 7 ta sabab + FOTO

Seriyadagi ikkinchi o'yin esa Pekinning boshqa bir jamoasi - "KRS-BSU"ga qarshi bo'ladi. O'yin 17 noyabr kuni soat 17:00da boshlanadi. Jamoa 23 ta o'yindan so'ng 18 ochko jamg'argan holda, 31-o'rinni egallab turibdi. Ushbu o'yinda biz so'zsiz favoritmiz. Qandaydir sabab bilan "ORDJI"ga qarshi o'yinga tashrif buyura olmasangiz, yakshanba - dam olish kuni oilaviy hordiq chiqarish uchun aynan "Humo Arena"ni tavsiya etamiz. 

19 noyabr kuni esa Xitoyning "Ceng Tou" jamoasi poytaxtimiz mehmoni bo'ldi. Liga autsayderiga qarshi o'yinda "Humo" gollar shousini taqdim etishi kutilmoqda. Raqiblar 22 ta o'yindan so'ng 11 ochko jamg'argan holda, "faxrli" 34-o'rindan joy olishgan. Mazkur o'yin soat 19:30 da boshlanadi. 

CHiptalar narxi 10 000 so'mdan 75 000 so'mgacha sotuvda. Bolalar uchun esa 50 foizlik chegirma mavjud.  CHiptalarni arena kassalaridan va iTicket.uz sayti orqali sotib olishingiz mumkin.

Demak, barchangizni "Humo Arena"da kutib qolamiz!

Toshkent. "Humo Arena". 

15 noyabr, 19:30: "Humo" - "ORDJI" (Pekin, Xitoy)

17 noyabr, 17:00: "Humo" - "KRS-BSU" (Pekin, Xitoy)

19 noyabr, 19:30: "Humo" - "Ceng Tou" (Czilin, Xitoy).


Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing