27 iyu 08:16
Yangiliklar
Xokkey
"Humo"ning yana bir sobiq azosi Toshkentga qaytyaptimi?
Xabaringiz bor, ikki yillik tanaffusdan so'ng "Humo" xokkey klubi Qozog'iston chempionatiga qaytmoqda.
SHu munosabat bilan "Humo" klubi rahbariyati sobiq o'yinchilarini qaytarmoqda. Jamoa tarkibida 2019/2020 yillari ajoyib mavsumni o'tkazgan xokkeychilardan biri Javohir Rasulov ham ayni vaqtda Toshkentda bo'lib turibdi.
2020/2021 yilgi mavsumni Belarusning "Viterbsk" jamoasida o'tkazgan Rasulov tez kunlarda katta ehtimol bilan "Humo" klubiga qaytishi mumkin.
Eslatib o'tamiz, avvalroq klub murabbiyi Evgeniy Popixin va "Toshkent devori" laqabi bilan mashhur bo'lgan darvozabon Roman Smiryagin jamoaga qaytgani xabar qilingan edi.
Havola :
Manba : olamsportcom
Fikrlar