So’nggi yangiliklar

20:20ПСЖ оғир жароҳат олганига қарамай, Кварацхелия билан шартномани 2032 йилгача узайтирмоқчи 0 19:33Хирн: "Дана Уайт ва UFC Фьюри — Жошуа жангини ташкил қилмайди" 0 18:44Сехудо Стерлингни Пётр Яндан устун қўймоқда 0 17:53Волкановски Жастин Гэтжига камаридан воз кечишни таклиф қилди 0 17:02Каррик: "Мен айбни тўлиқ ўз зиммамга оламан" 0 16:16Ўзбекистон профессионал бокс федерацияси уч спортчини четлатиш масаласини кўриб чиқмоқда 0 15:20Теремоанани Жалолов билан эҳтимолий жангдан огоҳлантиришди 0 14:43Дю Плесси жамоаси Анкалаев билан жанг таклифини рад этган 0 13:56МЮ сардори кечаги мағлубиятдан сўнг мураббийлар штабини кескин танқид қилди 0 13:44Ислам Махачев Ўзбекистонга келади 0 13:13Жаҳон чемпионати олдидан Ўзбекистон таркибида икки ўзгариш юз берди. Разамбек Қозоғистонга бормайди! 0 12:21Шоҳжаҳон Эргашев чақирувларга жавоб қайтарди 0 11:34Мовсар Евлоев: "Аввал чемпионлик камарини қўлга киритаман, кейин эса тажриба ўтказамиз" 0 10:24"Жуда яхши рақиблар". Карпин — Россия терма жамоасининг Ўзбекистон ва Венесуэлага қарши ўйинлари ҳақида 0 09:40Ҳозирда шахмат тарихидаги энг ёш гроссмейстер ким? 0

01 fev 10:34
Yangiliklar

SHaxmat

Humoyun Bekmurodov FIDE sport ustasi unvonini qo'lga kiritdi

Teglar :  Humoyun Bekmurotov
Mamlakatimizning yosh va iqtidorli shaxmatchilaridan biri Humoyun Bekmurodov yangi darajaga ko'tarildi, u FIDE sport ustasi unvoniga sazovor bo'ldi.

Ushbu yosh shaxmatchimiz shu kunga qadar o'smirlar o'rtasidagi ko'plab musobaqalarda g'olib va sovrindor bo'lgan, shuningdek 2020-yilda o'tkazilgan shaxmat bo'yicha onlayn O'zbekiston chempionatida ham g'oliblikni qo'lga kiritgan holda yakunda “Spark” avtomashinasi bilan taqdirlangan edi.

Turizm va sport vazirligi hamda O'zbekiston shaxmat federaciyasi Humoyun Bekmurodovni ushbu muvaffaqiyat bilan tabriklaydi va tez orada xalqaro grossmeyster darajasini ham qo'lga kiritishida omad tilaydi.

Eslatib o'tamiz, dunyo tarixidagi eng yosh grossmeyster maqomini 2021-yil 30-iyunda hind millatiga mansub bo'lgan amerikalik Abximanyu Mishra qo'lga kiritgan. U atigi 12 yosh, 4 oyu 25 kunligida shaxmatdagi eng yuqori darajaga ko'tarilgan edi. 

Bungacha naqd 19 yildan ziyod vaqt davomida jahonning eng yosh grossmeysteri maqomini rossiyalik Sergey Karyakin o'z qo'lida saqlab turgan. SHuningdek, hamyurtlarimizdan Javohir Sindarov hamda Nodirbek Abdusattorovlar ham grossmeysterlik talabini bajargan dunyodagi eng yosh shaxmatchilar safidan joy olganini alohida takidlash kerak.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing