13 jan 17:11
Yangiliklar
Tennis
![](/upload/storage/289942_220.jpg)
Humoyun Sultonov Doxadagi turnir finaliga yo'l oldi
O'zbekistonning birinchi raqamli tennischisi Humoyun Sultonov Qatar poytaxti Doxada davom etayotgan M15 turnirining yarim finalida kortga chiqdi.
Ukrainalik Vyacheslav Belinskiga qarshi kechgan bellashuv 6:2, 1:0 hisobida hamyurtimiz foydasiga yakunlandi. Raqib ikkinchi setni yakunlay olmadi.
Dunyo reytingida 364-o'rinni egallab turgan Humoyun Sultonov endi musobaqa finalida turkiyalik Yanki Erel bilan o'ynaydi. Turnirda birinchi raqamli sifatida saralangan Erel biroz oldin gruziyalik Saba Purceladzeni mag'lubiyatga uchratdi - 6:3, 6:1.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar