17 avg 12:58
        Yangiliklar	
	
				
				    Tennis			    
				 
				
			 
				Humoyun Sultonov Jakarta turnirida 1/4 finalga chiqdi
Hamyurtimiz Humoyun Sultonov Indoneziya poytaxti Jakarta shahridagi M 25 toifasiga kiruvchi turnirdagi yurishini davom ettirmoqda.
			Musobaqada uchinchi raqam ostida tasniflangan Sultonov ilk bosqichda avstraliyalik Korban Krouzerni 6:4, 6:0 hisobida mag'lubiyatga uchratgandi. Birinchi raketkamiz biroz avval yakuniga etgan ikkinchi davra uchrashuvida ukrainalik Yuriy Djavakyanni ikki setda ham bir xil hisobda engdi - 6/4, 6/4.
Taqqoslash uchun, Humoyun Sultonov ayni paytda jahon reytingida 432, uning raqibi esa 853-o'rinni band etib turibdi.

            Havola            :         
                    Manba                : olamsport.com
             
			
Fikrlar