18 fev 19:25
Yangiliklar
Tennis
Humoyun Sultonov Portugaliyada vice-chempion bo'ldi
Portugaliyaning Vila-Real-di-Santu-Antoniu shahrida tennis bo'yicha M25 toifasiga kiruvchi ITF turniri o'z yakuniga etdi.
Hamyurtimiz Humoyun Sultonov musobaqa finaliga etib kelganligi haqida avvalroq xabar qilgandik.
Bugun tennischimiz turnir finalida Martin Landalusega qarshi kortga chiqdi. 1 soat 16 daqiqa davom etgan o'yinda afsuski Humoyun Sultonov 0:6, 3:6 hisoblarida mag'lub bo'ldi va musobaqa vice-chempioniga aylandi.
Taqqoslash uchun, turnirda to'rtinchi raqam ostida tasniflangan Sultonov ATP reytingida 354, Landaluse esa 465-pog'onani egallab turibdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar