16 fev 11:20
Yangiliklar
Tennis

Humoyun Sultonov Punadagi "CHellenjer" turnirida ishtirok etadi
Mamlakatimizning birinchi raketkasi ertaga asosiy to'r bahslari start oladigan ATP 100 toifasiga kiruvchi turnirda o'z omadini sinab ko'radi.
Hindistonning Puna shahrida o'tkazilayotgan ushbu "CHellenjer" turkumiga kiruvchi musobaqaning mukofot jamg'armasi 160 000 AQSH dollarini tashkil qiladi. Hamyurtimiz ilk davrada turnirning uchinchi raketkasi avstraliyalik Tristan Skulkeytga qarshi kortga chiqadigan bo'ldi.
Taqqoslash uchun, Humoyun Sultonov ayni paytda ATP reytingida 233, Tristan Skulkeyt esa 140-pog'onadan joy olgan. Ushbu bahs ertaga bizning vaqt bilan soat 9:30da boshlanadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar