08 fev 18:18
Yangiliklar
Tennis

Humoyun Sultonov va yana 2 nafar tennischimiz Turkiyadagi turnirda
Turkiyaning Antalya shahrida mukofot jamg'armasi 15 000 AQSH dollarni tashkil qiladigan ITF tasnifiga kiruvchi "M15 Antalya" turniri o'tkazilmoqda.
Ushbu musobaqada o'zbekistonlik 3 nafar tennischi ham ishtirok etmoqda.
ATP reytingida 330-o'rinni egallab turgan tennischimiz Humoyun Sultonov musobaqada 1-raqam ostida saralangan. Uning asosiy to'rdagi raqibi saralashdan so'ng malum bo'ladi.
Turnirning saralash bahsida hamyurtimiz Mark Tryakshin ukrainalik Georgi Kravchenkoga qarshi kortga chiqdi. Afsuski, Tryakshin raqibiga 6/3, 6/1 hisobida mag'lub bo'lib, o'z yurishini to'xtatdi.
Yana bir yurtdoshimiz Sergey Fomin 1-saralash bosqichida Moldova vakili Ilya Snitari ustidan 6/7,6/1, 10/8 hisobida g'alaba qozondi. Asosiy to'rga yo'llanma beruvchi keyingi bosqichda Fomin germaniyalik Paul Vorner bilan bahslashadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar