10 avg 10:20
Yangiliklar
Tennis

Humoyunning Minskdagi yurishi davom etadi, u chorak finalda!
Belarus poytaxti Minsk shahrida davom etayotgan “Fyuchers” turkumiga kiruvchi turnirning asosiy to'r bahslarida chorak finalchilar nomi malum bo'ldi.
Sovrin jamg'armasi 15 000 AQSH dollarini tashkil qiluvchi ushbu musobaqaning asosiy to'r bahslarida qatnashish huquqini qo'lga kiritgan Humoyun Sultonov chorak finalga yo'l olgan 8 tennischidan biriga aylandi.
Hamyurtimiz ikkinchi davrada belaruslik Aleksandr Zgirovskiyni 7:6(2), 6:2 hisobida mag'lub etdi. Dunyo reytingida 1024-o'rinni egallab turgan Sultonov ilk bosqichda turnirning ikkinchi, dunyoning 344-raketkasi bo'lgan belaruslik Yaroslav SHilani 6:3, 6:4 hisobida mag'lubiyatga uchratgandi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar