31 dek 12:31
Yangiliklar
IBF Bahrom Murtazalievning chempionlik kamari uchun saralash jangini belgiladi
Amerikalik Brendon Adams va irlandiyalik Kivin Ajarko Eliminator, yani saralash jangini o'tkazadi. Ushbu jang g'olibi rossiyalik Bahrom Murtazaliev egalik qilayotgan birinchi o'rta vazn toifasidagi IBF chempionlik kamari uchun majburiy davogarga aylanadi.
Malumot uchun, 36 yoshli Brendon Adams sentyabr oyida birinchi o'rta vazn toifasida sobiq WBC vaqtinchalik chempioni ukrainalik Sergey Bogachukni mag'lubiyatga uchratib, reytingda beshinchi o'ringa ko'tarilib olgandi.
29 yoshli Kivin Ajarko esa professional ringda hali biror marta ham mag'lubiyatga uchramagan. U sentyabr oyida o'tkazgan so'nggi jangida Ishmael Devisni mag'lub etgandi. U hozirda reytingning oltinchi pog'onasini egallab turibdi.
32 yoshli Bahrom Murtazoliev 31 yanvar kuni Britaniyaning Nyukasl shahrida mahalliy bokschi va shu bilan birga majburiy davogar Josh Kelliga qarshi o'z kamarining ikkinchi himoyasini o'tkazadi.

Fikrlar