28 iyu 19:22
Yangiliklar
Futbol

Ibragimovich “Manchester Yunayted”da ilk bor mashg'ulot o'tkazdi
“Manchester Yunayted” klubi hujumchisi Zlatan Ibragimovich yangi jamoasi tarkibidagi ilk mashg'ulotida ishtirok etdi.
Tatilni tugatgan shveciyalik futbolchi “qizil iblislar” safiga borib qo'shildi. U jamoaning yangi bosh murabbiyi Joze Mourino qo'l ostida ilk marotaba mashg'ulotda qatnashdi.
Eslatib o'tamiz, PSJ klubining endilikda sobiq hujumchisi “Manchester Yunayted” safiga erkin agent sifatida kelib qo'shilgandi. MYU futbolchilari Zlatanni juda iliq tarzda kutib olishdi.
Havola :
Fikrlar