23 may 15:31
Yangiliklar

Iga Svyontek boshqarayotgan WTA reytingida Nigina va Sabina yuqoriladi
O'tgan hafta bilan taqqoslaganda, reytingning TOP-10'ligida kichik o'zgarish ro'y berdi. To'rtrnchi o'rinda borayotgan greciyalik Mariya Sakkari bir pog'ona yuqorilab, TOP-3'ga kirib oldi.
Uchinchi pog'onadagi ispaniyalik Paula Badosa esa aynan Sakkari bilan o'rin almashib, 4-o'ringa joylashdi. Reytingni hamon polshalik 20 yoshli Iga Svyontek boshqarib bormoqda.
Mamlakatimizning birinchi raqamli tennis malikasi Nigina Abduraimova o'tgan haftadagi o'rnidan 1, Sabina SHaripova 2 o'rin yuqorilagan bo'lsa, Akgul Amanmuradova 1 pog'ona pastladi.
WTA reytingi. Top-10. 23 may holatiga ko'ra:
1. (1) Iga Svyontek (Polsha) - 7061
2. (2) Barbora Kreychikova (CHexiya) - 4911
3. (4) Mariya Sakkari (Greciya) - 4726
4. (3) Paula Badosa (Ispaniya) - 4545
5. (5) Anett Kontaveyt (Estoniya) - 4446
6. (7) Ons Jaber (Tunis) - 4380
7. (8) Arina Sobolenko (Belarus) - 3966
8. (6) Karolina Plishkova (CHexiya) - 3678
9. (9) Daniel Kollinz (AQSH) - 3315
10. (10) Garbin Mugurusa (Ispaniya) - 3060
O'zbekistonlik tennischilarning WTA reytingidagi o'rni:
204 (205). Nigina Abduraimova - 331
577 (579). Sabina SHaripova - 71
696 (695). Akgul Amanmuradova - 46
1488 (1482). Milana Maslenkova - 5
1528 (1554). Sevil Yuldasheva - 4
1560 (1554). Larisa Bekmetova - 3
Fikrlar