28 may 08:48
Yangiliklar
Tennis
Iga Svyontek ketma-ket 30-g'alabasini tantana qildi
Sayyoramizning birinchi raketkasi Iga Svyontek "Rolan Garros" turnirining ikkinchi davrasida Alison Riskdan ustun keldi – 6/0, 6/2.
Bu bilan polshalik tennischi ketma-ket 30-g'alabasini qo'lga kiritdi. 2000 yildan beri u qatorasiga 30 ta uchrashuvda g'alaba qozongan to'rtinchi tennischiga aylandi.
Undan oldin Jyustin Enin (32), Serena Uilyams (34), Vinus Uilyams (35) bu ishni amalga oshirgan edi. Iga oxirgi 20 ta uchrashuvida faqat bitta setda mag'lub bo'lgan.
Eslatib o'tamiz, Iga Svyontek Franciya Ochiq chempionatining uchinchi davrasida chernogoriyalik Danka Kovinichga qarshi bahs olib boradi.
Havola :
Manba : sports.ru
Fikrlar