So’nggi yangiliklar

17:43Осиё ўйинларининг ўн тўртинчи кунидан кейин медаллар жамғариш рейтинги қандай? (ТОП-20) 0 17:15Энтони Жошуа Фьюридан кейин ким билан жанг қилмоқчи эканлигини айтди 0 16:55Осиё ўйинларининг 14-кунини бешта медаль билан якунладик 0 16:24Ўзбекистондаги футбол мавсумини "куз-баҳор" форматига ўтказиш имкониятлари кўриб чиқилмоқда 0 14:39ESPN талқинига кўра 30 ёшгача бўлган энг яхши ММА жангчилари рейтинги эълон қилинди 0 11:28Самбо. Жаҳон чемпионатини иккита олтин медаль билан бошладик 0 20:05Расман: Отабек Шукуров Сербия клубига ўтди 0 19:47Осиё ўйинларининг сўнгги медалларга бой ўтадиган кунида иштирок этадиган ўзбекистонлик спортчилар рўйхати маълум 0 18:50Осиё ўйинларининг ўн учинчи кунидан кейин медаллар жамғариш рейтинги қандай? (ТОП-20) 0 18:22Ўзбекистон U-17 терма жамоаси Туркияга имкониятни бой берди 0 17:30Осиё ўйинларининг ўн учинчи кунида спортчиларимиз 9 та медаль қўлга киритишди: шулардан 4 таси олтин! 0 21:42Осиё ўйинларининг ўн учинчи кунида иштирок этадиган спортчиларимиз рўйхати билан танишинг 0 21:00Ўртоқлик ўйини. Ўзбекистон Сурияни йирик ҳисобда мағлуб этди 0 19:45Осиё ўйинларининг ўн иккинчи кунидан кейин медаллар жамғариш рейтинги қандай? (ТОП-20) 0 19:08Эртага Осиё ўйинларида боксчиларимизни учта финал кутмоқда (бошланиш вақтлари) 0

15 fev 19:03
Yangiliklar

Futbol

Ignatiy Nesterovdan doping topildimi? O'FA bu haqida bayonot berdi

Bir qator ommaviy axborot vositalarida O'zbekiston milliy tera jamoasi darvozaboni Ignatiy Nesterovdan Osiyo Kubogi davomida olingan tahlillarda taqiqlangan modda topilgani haqida malumotlar paydo bo'ldi.

O'zbekiston futbol associaciyasi bu masala bo'yicha quyidagilarni malum qiladi:

Haqiqatan ham, Osiyo futbol konfederaciyasi tomonidan O'zbekiston milliy terma jamoasi darvozaboni Ignatiy Nesterovdan Osiyo Kubogi doirasida olingan tahlillar natijasida uning qonida taqiqlangan modda aniqlangani haqida O'zbekiston futbol associaciyasi va Nesterov ayni paytda to'p surayotgan Saudiya Arabistonining "Uhud" klubiga rasmiy xat yuborilgan.  Ammo mazkur xatda bu masala bo'yicha hozirda OFK Tartib-intizom qo'mitasi ish olib borayotgani, hali yakuniy qaror qabul qilinmagani, ungacha esa bu malumotni oshkor qilmay turish so'ralgan. Tabiiyki, yakuniy qaror qabul qilingunga qadar Ignatiy Nesterov hech qaysi jamoa tarkibida maydonga tusha olmasligi ham xatda malum qilingan.

SHunga qaramay, "Uhud" klubi o'zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida bu malumotni ommaga oshkor qilib, Nesterov doping qabul qilgani tufayli OFK tomonidan chetlatilgani haqida xabar tarqatdi.  Bu esa professional klub maqomiga to'g'ri kelmaydigan holatdir. 

Terma jamoa shifokorlari Ignatiy Nesterov bilan bu masalada suhbatlashishganda, Nesterov Osiyo Kubogi davomida terma jamoa shifokorlarining ruxsatisiz va ularni ogohlantirmay vazn tashlashga yordam beruvchi dori qabul qilgani malum bo'ldi. O'FA Ignatiy Nesterovning bu xatti-harakatini qoralaydi, shu bilan birga futbolchining ataylab taqiqlangan moddalarni qabul qilish maqsadi bo'lmaganini, bu dori tarkibidagi bazi moddalar taqiqalanganini bilmaganini malum qiladi.

Vazn tashlash boks, kurash kabi sport turlarida sportchiga natijaga erishish uchun yordam berishi mumkin, ammo futbolda bu holatning natijaga erishishga umuman tasiri yo'q.  OFK mana shu jihatlarni ham o'rganib chiqib, Tartib-intizom qo'mitasi yig'ilishidan so'ng yakuniy qarorni qabul qiladi. Ungacha esa barcha ommaviy axborot vostilaridan Ignatiy Nesterov bo'yicha xabar yozayotganda mana shu jihatlarga etibor qaratish so'raladi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing