16 okt 18:05
Yangiliklar
Futbol

Igor Sergeev 108 kunlik tanaffusdan so'ng gol urdi
Xitoy Superligasining 27-turidan o'rin olgan “CHanchun Yatai” – “Beyjing Goan” uchrashuvida nihoyat terma jamoamiz hujumchisi gol urdi.
O'yinning 18-daqiqasida mehmonlar safida o'zbekistonlik hujumchi Igor Sergeev gol urib hisobni ochdi. SHunday qilib, Sergeev 3 oy 16 kun (108 kun) davom etgan golsiz seriyasiga barham berdi.
Futbolchimiz “Beyjing Goan” safidagi dastlabki golini aynan bugun urdi. So'nggi marta hujumchi 30 iyun kuni oliy liga doirasida “Paxtakor” safida “Obod”ga qarshi o'yinda to'p kiritgan edi.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar