So’nggi yangiliklar

09:18Тошкентда таэквондо бўйича Жаҳон чемпионати старт олди, бугун уч нафар ҳамюртимиз медаль учун баҳс юритади 0 08:56UFC 327. Марказий чемпионлик жанги биринчи раунддаёқ якунланди 0 08:38UFC 327. Co-main event жангда техник нокаут қайд этилди 0 08:05Суперлига. Бугун навбатдаги турга старт берилади 0 22:43"Номзодлар турнири". Синдаров тарихий натижага яқинлашяпти 0 18:23"Кейинги сафар ўзим каби бўламан". Двалишвили Янга қарши реваншдаги хатосини айтди 0 18:02Диллиан Уайт Фьюри — Махмудов жангига тахмин берди 0 17:41"Бавария”, "Ливерпуль” ва "Арсенал" Гордон учун даъвогарлик қилмоқда 0 17:20Тимофеева Руандаги иштирокини ғалаба билан бошлади 0 16:59Илия Топурия: "Махачев билан жанг барибир бўлади. Бунга умид қиламан" 0 16:38Дана Уайт: "Биз бу жангда хавфсизлик чораларини кучайтиримиз — беҳазил" 0 16:17“Монако” "Барселона"дан Фатини харид қилмоқчи 0 15:56Полина Кудерметова финал остонасида уч сетлик учрашув ўтказди 0 15:35Тайсон Фьюри: "Отам олти йил олдин мен фаолиятимни тугатишимни истаган" 0 15:14Илия Топурия нега ижтимоий тармоқларда ММА рекордини ўзгартириб кўрсатишини тушунтирди 0

06 iyu 18:19
Yangiliklar

Futbol

Igor Sergeev "Paxtakor"ga qaytdi

Hujumchi Igor Sergeev faoliyatini yana "Paxtakor"da davom ettiradi.

"Paxtakor" futbol akademiyasi tarbiyalanuvchisi bo'lgan Igor Sergeev qisqa muddatli tanaffusdan so'ng yana o'zi uchun qadrdon sanalgan klub safiga qaytdi. Bugun u "Paxtakor" bilan 2018 yil oxirigacha shartnomaga imzo chekdi. Sergeev hozirga qadar "SHerlar" bilan uch bor O'zbekiston chempionligini qo'lga kiritib, bir marta chempionat to'purariga aylangan. CHempionatlarda jamoamiz uchun 121 uchrashuvda 64 gol muallifiga aylangan.

Igor Sergeev bundan keyin ham "Paxtakor" g'alabalariga hissa qo'shishda davom etadi degan umiddamiz.

"Paxtakor"ga qaytishing muborak, Igor!, - deyiladi klubi rasmiy saytidagi xabarda. 

"Paxtakor" - mening uyim. O'zimni boshqa jamoada tasavvur qila olmayman. Meni bu erda qabul qilishganidan xursandman. O'zimni ajoyib his qilyapman va jamoaga foyda keltirishni istayman. "Paxtakor"dek jamoada bitta maqsad bo'ladi - chempionlik. Mavsum oson bo'lmaydi, ammo ijobiy natija va omadga umid qilaman. Buning uchun bor kuchimni berishga tayyorman", - dedi Sergeev.

Reyting:    

Fikrlar

   
07 iyu 14:41:29
Abdurasul Nishonov
WWWWWWWWWWWWWWWWWWWWWWWWWWWWWWWWWWWWWWWWWWWWWWWWWWWWWWWWWWWWWWWWWWWWWWWWWWWWWWWWWWWWWWWWWWWWW
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing