23 iyu 10:37
Yangiliklar
Futbol

Igor Sergeev "Tobol" safida Evrokubok o'yinida maydonga tushdi
Kostanayning "Tobol" jamoasi Konferenciya ligasi ikkinchi bosqichi doirasida Xorvatiyaning "Xayduk" jamoasiga qarshi bahs olib bordi.
O'yin Xorvatiyaning Split shahrida o'tkazildi va mezbonlarning 2:0 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi.
Uchrashuvda o'zbekistonlik futbolchi Igor Sergeev zaxiradan maydonga tushirildi. Hamyurtimiz o'yinning 57-daqiqasida Nemanya Nikolichning o'rniga uchrashuvni davom ettirdi. Javob o'yini 29 iyul kuni Kostanayda o'tkaziladi.
Havola :
Fikrlar