30 apr 13:29
Yangiliklar
Futbol

Iguain Madridga qaytishi mumkin
"CHelsi" hujumchisi Gonsalo Iguain faoliyatini Madridda davom ettirishi mumkin.
"TuttoJuve"ning xabar berishicha, transfer huquqi "Yuventus"ga tegishli bo'lgan 31 yoshli forvardga "Atletiko" qiziqish bildirmoqda. Madrid klubi yozgi transfer oynasida Antuan Grizmann jamoani tark etadigan bo'lsa, aynan argentinalikni xarid qilishga urinib ko'radi.
Manbaning keltirishicha, Iguainning xizmatlariga shaxsan "Atletiko" ustozi Diego Simeonening o'zi qiziqmoqda.
Iguain "CHelsi"ga 2019 yilning yanvar oyida ijara asosida kelgan. Joriy mavsum u "CHelsi" uchun 15 o'yinda 4ta gol urdi.
Eslatib o'tamiz, Gonsalo bir paytlar Madridning boshqa bir jamoasi "Real" tarkibida ajoyib o'yinlar o'tkazgan.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar