16 may 07:06
Yangiliklar
Futbol

Iguain Turinga qaytdi
“Yuventus” hujumchisi Gonsalo Iguain Argentinadan Italiyaga qaytdi, deya xabar bermoqda Football Italia.
Nashr xabariga ko'ra, argentinalik forvard 15 may kuni Turinga etib keldi. Yaqin vaqt ichida futbolchi tibbiy ko'rikdan o'tadi va ikki haftalik karantin muddatini o'taydi.
Eslatib o'tamiz, Iguain koronavirus pandemiyasi tufayli nomalum muddatga qoldirilgan Italiya A seriyasi tanaffusi vaqtida Argentinaga jo'nab ketgandi.
Malum bo'lishicha, “Yuventus” asosiy tarkibining barcha azolari Italiyaga qaytib kelishgan va ular tez orada boshlanishi kutilayotgan A seriya bahslarida maydonga tushishga tayyorgarlik ko'rishmoqda.
Havola :
Fikrlar