14 avg 14:27
Yangiliklar
Futbol
Ikardi A Seriya klubiga rozilik bermadi
PSJ hujumchisi Mauro Ikardining klubdagi kelajagi so'roq ostida qolmoqda.
Parij klubi 29 yoshli futbolchini sotishga tayyor, u bosh murabbiyning rejalariga kirmayapti. Biroq argentinalik futbolchining o'zi jamoadan ketishga shoshilmayapti.
Forvardga "Monca"dan taklif bo'ldi, biroq u bunga rad javobini berdi. O'tgan mavsumda 30 o'yinda 5 gol urgan hujumchining narxi 22 million evroni tashkil qilishi mumkin.
Oldinroq unga "Manchester Yunayted" va "Galatasaroy"dan aniq taklif bo'lgandi.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar