22 okt 07:08
Yangiliklar
![](/upload/storage/47222_220.jpg)
Ikardi Milan derbisida "Inter"ga uch ochko keltirdi
Murosasiz kechgan bellashuv durang bilan yakuniga etayotgan bir paytda “Inter” sardori Mauro Ikardi uchrashuvning hakam tomonidan qo'shib berilgan daqiqalarida “Milan” darvozasini ishg'ol etib, o'yin qahramoniga aylandi.
SHu tariqa “Inter” A seriyada qatorasiga beshta g'alabani qo'lga kiritgan bo'lsa, “Milan”ning olti uchrashuvdan iborat mag'lubiyatsiz seriyasiga chek qo'yildi.
Inter – Milan 1:0 (0:0, 1:0)
Gol:1:0 – 90 Ikardi.
Inter – Xandanovich, SHkrinyar, de Vrey, Vrsalko, Asamoa, Nainggolan (Valero, 30), Vesino, Perishich (Keyta Balde, 70), Brozovich, Politano (Kandreva, 82), Ikardi.
Milan – Donnarumma, Musakko, Rodriges, Kalabriya (Abate, 90), Romanoli, Bonaventura, Bigliya, CHalxanoglu (Kutrone, 74), Kessie (Bakayoko, 84), Suso, Iguain.
Ogohlantirishlar: Bigliya (20), CHalxanoglu (44), Kalabriya (45), Suso (61), Politano (75), Bakayoko (90), Keyta Balde (90).
Fikrlar