12 iyu 10:14
Yangiliklar
Ikki chavandozimiz Moskvadagi musobaqada navbatdagi g'alabalarini tantana qilishdi
Kuchli chavandozlar orasida kechgan raqobatda hamyurtlarimiz ham muvaffaqiyatli ishtirok etib, bir qator yo'nalishlarda g'oliblikni qo'lga kiritishdi.
Jumladan, terma jamoamiz sardori Bekzod Qurbonov “Matts” laqabli tulporida Gran-pri yo'nalishida eng yaxshi natijani qayd etdi. 140 sm balandlikdagi “Oltin tur” yo'nalishida vakilimizga teng keladigan raqib topilmadi.
SHuningdek, Qurbonov “Kumush tur” (130 sm) yo'nalishida “Kalibri” oti bilan ikkinchi o'ringa sazovor bo'ldi.
Musobaqada alohida ahamiyat kasb etgan “Kelajak turi” dasturida Boburjon Valijonovning chiqishi ko'pchilikning etiborida bo'ldi. “Samira” laqabli otda 110 sm balandlikdagi to'siqlardan o'tish dasturida Valijonov mutlaq g'alabani tantana qildi.
Fikrlar