03 sen 15:46
Yangiliklar
Ikki haftadan keyin CHimaev va Byorns o'rtasida revansh o'tkaziladi + POSTER
Ularning "jangi" AQSHning Mayami shahrida bo'lib o'tadigan RAF 13 turnirining co-main event bellashuviga aylanadi. Jang erkin kurash qoidalari asosida oraliq vazn toifasida o'tkaziladi. CHimaev va Byorns 2022 yil UFC 273 turnirida oktagonda to'qnash kelishgan edi. O'shanda rossiyalik sportchi hakamlarning yakdil qarori bilan g'alaba qozongandi.
CHimaev uchun bu to'rt oy ichida RAF gilamiga uchinchi chiqishi bo'ladi. Iyun oyida u RAF 10 turnirida Dillon Denisni mag'lub etgan bo'lsa, shu shanba kuni Moskvada bo'lib o'tadigan RAF turnirining asosiy jangida UFC sobiq chempioni Tayron Vudliga qarshi bahs olib boradi. CHimaev may oyida UFC`dagi so'nggi jangida SHon Striklendga imkoniyatni boy berib, o'rta vazn chempionlik kamarini yo'qotgan edi.
Byorns esa aprel oyida UFC Winnipeg turnirida Mayk Malottdan uchralgan mag'lubiyatdan so'ng MMAdagi faoliyatini yakunlagandi. Braziliyalik jangchi greppling bo'yicha musobaqalarda ishtirok etishda davom etishini malum qilgan. Gilbert uchun bu RAF`dagi debyut bo'ladi.
RAF 13 turnirining asosiy voqeasi sifatida kruzer vazn toifasidagi chempionlik kamari uchun Kolbi Kovington va Belal Muhammad o'rtasidagi jang belgilangan.

Fikrlar