13 okt 14:02
Yangiliklar
SHaxmat
Ikki jahon chempioni - Rustam Qosimjonov va Magnus Karlsen partiyasidan FOTOGALEREYA
Angliyaning Men orolida dunyoning 154 nafar kuchli shaxmatchilari ishtirokidagi nufuzli xalqaro turnir davom etmoqda.
Mukofot jamg'armasi 433 000 AQSH dollarini tashkil etuvchi Grand Swiss turnirida O'zbekiston sharafini 17-jahon chempioni Rustam Qosimjonov hamda yosh xalqaro grossmeysterimiz Nodirbek Abdusattarov himoya qilmoqda. Qosimjonov 2657, Abdusattarov esa 2608 reyting ochkosiga ega.
Xabar berganimizdek, kecha Rustam Qosimjonov 3-partiyada amaldagi jahon chempioni norvegiyalik Magnus Karlsenga qarshi qora donalarda o'ynab, durangga imzo chekkan edi. Quyida ushbu murosasiz bahs aks etgan suratlarni tomosha qiling.
Rustam Qosimjonov va uning grossmeyster "shogirdi" Fabiano Karuana (AQSH). Aynan u hozir 3 ochko bilan peshqadam
Suratlar muallifi - Mariya Emelyanova
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar