So’nggi yangiliklar

20:28Қозоғистонлик теннис маликаси "Ролан Гаррос" 1/8 финалида ўйнайди 0 20:07Царукян — Махачевга: "Навбат бўйича кейингиси менман, Ислам, қочма!" 0 19:46"Ролан Гаррос". Соболенко Паула Бадосани йўлдан олиб ташлади 0 19:25Роналду икки юлдуз билан музокара олиб бормоқда, улар ким эканлиги маълум 0 19:04Махачевнинг кейинги рақиби ким бўлади? UFC раҳбари жавоб берди 0 18:43Элина Свитолина "Ролан Гаррос" 1/8 финалида 0 18:22Дмитрий Бивол 2018 йилдан бери илк бор муддатидан олдин ғалаба қозонди 0 18:01Бунақаси "Реал" билан фақатгина 1932 йилда содир бўлганди 0 17:40"Ролан Гаррос". Даниил Медведевнинг юриши давом этмоқда 0 17:19Дюбуа энди Энтони Жошуага қарши жанг қилмоқчи 0 16:58Каспер Рууд "Ролан Гаррос" 1/8 финалига йўл олди 0 16:37Расман: Жозе Моуринью — "Фенербахче" бош мураббийи! 0 16:26Уч таэквондочимиз Ҳарбийлар ўртасида жаҳон чемпиони, яна тўрт нафари совриндор! 0 16:16Александр Шлеменко Кертисни муддатидан олдин мағлуб этди 0 15:55Бивол сўнгги 6 йилликдаги илк нокаути ҳақида: "Кучим йўқ бўлиб қолмаганини билардим" 0

18 fev 20:14
Yangiliklar

SHaxmat

Ikki nafar shaxmatchimiz FIDE reytingida TOP-10dan joy oldi

Teglar :  SHaxmatReyting
Xalqaro shaxmat federaciyasi, yani FIDE fevral oyi uchun o'zining yangi reyting jadvalini elon qildi.

Etiborlisi, tashkilotning o'smirlar reytingida ikki nafar hamyurtimiz kuchli o'ntalikdan joy olishdi. Bular – Nodirbek Abdusattorov (reytingda 4-o'rinni egallab turibdi) hamda uning adashi Nodirbek Yoqubboevdir (8-o'rin).

Takidlash joiz, Abdusattorovdan yuqorida turgan uch nafar shaxmatchi yosh jihatidan hamyurtimizdan bir-ikki yoshga katta sanalishadi. O'smir va yoshlar toifasida bir yosh ham katta o'rin tutishini inobatga olsak, N.Abdusattorov o'z yosh toifasida dunyoda etakchi ekani oydinlashadi.

SHuningdek, yana ikki nafar yosh va iqtidorli shaxmatchilarimiz TOP-30ga kiritilgan. Dunyodagi eng yosh grossmeysterlardan biri Javohir Sindorov 26-pog'onada qayd etilgan bo'lsa, SHamsiddin Vohidov 30-o'rinni egallab turibdi.

O'smirlar reytingini esa asli eronlik, ammo hozirda xalqaro musobaqalarda FIDE bayrog'i ostida ishtirok etayotgan Alirizo Feruziy boshqarib bormoqda. Kuchli uchlikdan Rossiya terma jamoasi azosi Andrey Esipenko hamda yana bir Eron shaxmat maktabi vakili Muhammadamin Tabatabay o'rin olgan.

Quyidagi jadval orqali FIDEning o'smirlar reytingi bilan tanishasiz:

 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing