So’nggi yangiliklar

16:16Ўзбекистон профессионал бокс федерацияси уч спортчини четлатиш масаласини кўриб чиқмоқда 0 15:20Теремоанани Жалолов билан эҳтимолий жангдан огоҳлантиришди 0 14:43Дю Плесси жамоаси Анкалаев билан жанг таклифини рад этган 0 13:56МЮ сардори кечаги мағлубиятдан сўнг мураббийлар штабини кескин танқид қилди 0 13:44Ислам Махачев Ўзбекистонга келади 0 13:13Жаҳон чемпионати олдидан Ўзбекистон таркибида икки ўзгариш юз берди. Разамбек Қозоғистонга бормайди! 0 12:21Шоҳжаҳон Эргашев чақирувларга жавоб қайтарди 0 11:34Мовсар Евлоев: "Аввал чемпионлик камарини қўлга киритаман, кейин эса тажриба ўтказамиз" 0 10:24"Жуда яхши рақиблар". Карпин — Россия терма жамоасининг Ўзбекистон ва Венесуэлага қарши ўйинлари ҳақида 0 09:40Ҳозирда шахмат тарихидаги энг ёш гроссмейстер ким? 0 08:37Дастин Порье Рамазон Темировнинг жанги ҳақида гапирди 0 19:41Майк Мэлотт UFC 336 турнирида иштирок этади 0 19:03Манба: Каннаваро Мексика ёки АҚШ клубларини бошқариш имкониятини кўриб чиқмоқда 0 18:25Guangzhou Challenger: Ҳумоюн Султоновни чорак финал остонасида тўхтатишди 0 17:44"У кучли зарба берадиган жангчи". Кавана жанг олдидан Рамазон Темиров ҳақида гапирди 0

24 okt 08:25
Yangiliklar

SHaxmat

Ikki Nodirbek hamda Javohir European Chess Club Cup musobaqasida muvaffaqiyatli o'ynashyapti

Cerbiyaning Rashsk okrugi Vrnyachka-Banya shaharchasida shaxmat bo'yicha klublar o'rtasida Evropa Kubogi davom etmoqda.

Erkaklar o'rtasidagi European Chess Club Cup musobaqasi o'z tarixida 39, ayollar ishtirokidagisi esa 28-marotaba o'tkazilyapti. Bu yilgi qita kubogida uch nafar grossmeysterimiz Evropa klublari tarkibida sovrinli o'rinlar uchun dona surmoqda. 

Grossmeysterlarimiz Nodirbek Abdusattorov va Javohir Sindarov Ruminiyaning "SuperChess", Nodirbek Yakubboev esa Sloveniyaning "TAJFUN-ŠK Ljubljana" jamoalari sharafini muvaffaqiyatli himoya qilishyapti. 

Kecha 4-turda Nobirbek Abdusattorov va Javohir Sindarov o'ynayotgan "SuperChess" klubi Turkiyaning "Turkish Airlines" jamoasiga 2:4 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydi. Abdusattorov eronlik Parham Maqsudluuni mag'lub etishni uddaladi. Sindarov esa Ediz Gurel bilan durang o'ynadi. Ikki hind grossmeysterlari Gukesh va Praggnanandhaning mag'lubiyati esa "SuperChess" jamoasiga qimmatga tushdi. 

Nodirbek Yakubboevning "TAJFUN-ŠK Ljubljana" jamoasi 4-turda peshqadam "Alkaloid" (Makedoniya) klubiga 2,5:3,5 hisobida yutqazdi. Yakubboev dunyoning sakkizinchi raqamli shaxmatchisi bo'lib turgan xitoylik Vey Yini mag'lubiyatga uchratib, kichik shov-shuv sababchisiga aylandi.  

Beshinchi tur oldidan Makedoniyaning "Alkaloid" jamoasi musobaqada peshqadamlik qilyapti. "Turkish Airlines" jamoasi qo'shimcha ko'rsatkichlarga ko'ra turnir jadvalida 2-o'rinni egallab turibdi. Yana ikki klub - Tuxera Aquaprofit Nagykanizsai Sakk Klub (Vengriya) va Novy Bor Chess Club (CHexiya) ham 4 ta turda yuz foizlik natija qayd etgan. 

"TAJFUN-ŠK Ljubljana" va "SuperChess" jamoalari 4-turga kelib ilk mag'lubiyatni qabul qilib olishdi. Bu klublar 6 ochko to'plagan holda turnir jadvalida mos ravishda 7 va 8-o'rinlarni band etgan. 

Bugun 5-turda "SuperChess" Serbiyaning "SK JAVES Modra" jamoasi bilan to'qnash keladi. "TAJFUN-ŠK Ljubljana" klubi esa CHernogoriyaning "Elektroprivreda" jamoasi bilan hisob-kitob qiladi. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing