So’nggi yangiliklar

13:13Жаҳон чемпионати олдидан Ўзбекистон таркибида икки ўзгариш юз берди. Разамбек Қозоғистонга бормайди! 0 12:21Шоҳжаҳон Эргашев чақирувларга жавоб қайтарди 0 11:34Мовсар Евлоев: "Аввал чемпионлик камарини қўлга киритаман, кейин эса тажриба ўтказамиз" 0 10:24"Жуда яхши рақиблар". Карпин — Россия терма жамоасининг Ўзбекистон ва Венесуэлага қарши ўйинлари ҳақида 0 09:40Ҳозирда шахмат тарихидаги энг ёш гроссмейстер ким? 0 08:37Дастин Порье Рамазон Темировнинг жанги ҳақида гапирди 0 19:41Майк Мэлотт UFC 336 турнирида иштирок этади 0 19:03Манба: Каннаваро Мексика ёки АҚШ клубларини бошқариш имкониятини кўриб чиқмоқда 0 18:25Guangzhou Challenger: Ҳумоюн Султоновни чорак финал остонасида тўхтатишди 0 17:44"У кучли зарба берадиган жангчи". Кавана жанг олдидан Рамазон Темиров ҳақида гапирди 0 16:55Жанибек Алимханули WBO камари учун жанг қилади 0 16:06"Сабаҳ" — жорий мавсум ушбу натижага эришган EЧЛдаги биринчи жамоа! 0 15:17Хргович Уордлига фаолиятини якунлашни маслаҳат берди 0 14:18Шакур Стивенсон Zuffa Boxing’дан кетганини эълон қилди 0 13:19Шожҳаҳон Эргашевни Озарбайжон ва Қирғизистондан жангга чорлашди 0

06 noy 10:32
Yangiliklar

SHaxmat

Ikki shaxmatchimiz Jahon kubogining keyingi bosqichida, qolgan ikkisi bugun tay-brekda o'ynaydi

Hindistonning Goa shahrida shaxmat bo'yicha umumiy mukofot jamg'armasi 2 million AQSH dollarini tashkil qiluvchi Jahon kubogi bo'lib o'tmoqda.

Dunyoning 206 nafar shaxmatchisi qatnashayotgan nufuzli musobaqaning 1/64 final bosqichida ikkinchi uchrashuvlar o'tkazildi. To'rt grossmeysterimizdan ikki nafari - Javohir Sindarov va Nodirbek Yakubboev ikki o'yin natijasiga ko'ra g'alaba qozonib, uchinchi bosqichga yo'l oldi. Sindarov birinchi uchrashuvda qora donalarda chernogoriyalik Nikita Petrovni mag'lubiyatga uchratgandi. Javob bahsi durang natija bilan yakunlandi. 

Nodirbek Yakubboev germaniyalik Niklas Xashimbentni taslim etdi. Ularning ilk bahsida tomonlar murosaga kelishgandi. Ikki o'yin natijasiga ko'ra 1,5:0.5 hisobida zafar quchgan Yakubboev ham keyingi bosqichga chiqdi. Qolgan ikki shaxmatchimiz - Nodirbek Abdusattorov va SHamsiddin Vohidov javob uchrashuvida ham raqiblari bilan murosaga kelishdi. Bugun ular hal qiluvchi tay-brekda o'ynashadi. 


Grossmeysterlarimizning 1/64 final bosqichidagi natijalari: 

Nodirbek Abdusattorov - Denis Maxnev (Qozog'iston) - 1:1

Javohir Sindarov - Nikita Petrov (CHernogoriya) - 1,5:0,5

Nodirbek Yakubboev - Niklas Xashimbent (Germaniya) - 1,5:0,5

SHamsiddin Vohidov - Maksim CHigaev (Ispaniya) - 1:1


Bugungi tay-brek partiyalari bizning vaqt bilan soat 14:30da boshlanadi. Javohir Sindarovning uchinchi davradagi raqibi greciyalik Nikolas Teodoru va serbiyalik Aleksandar Indjich o'rtasidagi tay-brek uchrashuvidan so'ng malum bo'ladi. Nodirbek Yakubboev uchinchi davrada vetnamlik Van Nguenga qarshi dona suradi. 

Ikkinchi bosqichda kutilmagan natijalar ham kuzatildi. Xususan, taniqli grossmeysterlardan Uesli So, Yan Nepomnyashiy, Aravindh CHitambaram, Volodar Murzin, Vasiliy Ivanchuk, David Navara, Mishra Abhimanyu ikki o'yin natijasiga mag'lub bo'lib, Jahon kubogidagi ishtirokini yakunladi. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing