10 noy 13:20
Yangiliklar
Ikki taekvondochimiz Jahon chempionati natijalari ortidan dunyo reytingi peshqadamiga aylanishdi
Reytingning kuchli 50 taligidan terma jamoamizning bir qancha azolari o'rin olgan. Ulardan jahon chempionati kashfiyotiga aylangan Najmiddin Qosimxojiev (74 kg) va Parij-2024 Olimpiadasi kumush medali sohibasi Svetlana Osipova (+73 kg) o'z vazn toifalari peshqadmiga aylanib olishdi.
Xitoyning Usi shahrida o'tkazilgan jahon chempionatida O'zbekiston milliy terma jamoasi 1 ta oltin, 1 ta kumush, 1 ta bronza medalini qo'lga kiritgandi. Najmiddin Qosimxojiev oltin, Svetlana Osipova kumush, Jahongir Xudoyberdiev bronza medaliga sazovor bo'lgan edi.
Erkaklar:
54 kg:
3. Jahongir Xudoyberdiev (132.20)
58 kg:
32. Omonjon Otajonov (45.04)
35. Dilmurodjon Marufjonov (40.00)
63 kg:
11. Nazarali Nazarov (58.24)
68 kg:
21. Diyorbek To'xliboev (60.58)
74 kg:
1. Najmiddin Qosimxojiev (179.40)
80 kg:
6. Jasurbek Jaysunov (129.29)
87 kg:
5. SHuhrat Salaev (93.56)
20. Yodgorbek Jo'raboev (43.60)
+87 kg:
4. Marat Mavlonov (132.26).
Ayollar:
46 kg:
27. Madina SHoniyozova (36.42)
49 kg:
35. Laylo Xasanova (37.39)
53 kg:
23. Laylo Zayniddinova (39.58)
57 kg:
12. Madina Mirabzalova (86.79)
62 kg:
29. Sevinch Hayitova (28.62)
67 kg:
7. Ozoda Sobirjonova (133.16)
+73 kg:
1. Svetlana Osipova (204.20).
Fikrlar