21 sen 10:25
Yangiliklar
Tennis

Ikki tennischimiz Ashxoboddagi turnirni g'alaba bilan boshlashdi
Turkmaniston poytaxti Ashxobod shahrida tennis bo'yicha o'smirlar o'rtasidagi turnir davom etmoqda.
Ushbu musobaqada o'zbekistonlik ikki tennischi ham o'z imkoniyatini sinovdan o'tkazyapti. Ularning ikki nafari ham ilk davra uchrashuvida zafar quchishdi.
Alisher Nosirov mezbonlar vakili Abdixayli Annaevni ikki setda ham bir xil 6:1 hisobida mag'lub etdi. Turnirda beshinchi raqam ostida tasniflangan Odil Karimov esa yana bir turkmanistonlik tennischi Bekench Xanovga hech qandan imkoniyat qoldirmadi - 6:0, 6:0.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar