10 noy 16:55
Yangiliklar
Tennis

Ikki tennischimiz Qozog'istondagi turnirning chorak finalida
Istedodli tennischilarimiz Odil Karimov va Sergey Fomin Qozog'istonning Ust-Kaminogorsk shahrida o'tkazilayotgan o'smirlar o'rtasidagi turnirning chorak finaliga yo'l oldi.
“KAZ ZINC OPEN” 2016 turnirining asosiy to'r bahslarida 9 nafar tennischimiz o'z ishtirokini boshlagan edi. Ulardan faqatgina ikki nafari chorak finalga etib keldi.
Odil Karimov ikkinchi davra uchrashuvida kanadalik Gleb Blexerni 7:6(5), 6:2 hisobida mag'lub etdi. Beshinchi raketka sifatida harakat qilayotgan Sergey Fomin esa qozog'istonlik Bekzat Usipbekovdan ikki setda ham bir xil 6:2 hisobida ustun keldi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar