13 dek 12:40
Yangiliklar
Futbol

Ikrom Aliboev Janubiy Koreya klubi futbolchisi sifatida tanishtirildi
"Lokomotiv" futbolchisi Ikrom Aliboev endi faoliyatini Janubiy Koreyaning "Seul" jamoasida davom ettiradi.
Bu haqida Koreya klubi rasmiy sayti elon qildi.
Aliboev va "Seul" o'rtasidagi tuzilgan shartnoma 2021 yilgacha amal qiladi.
"Seul" azosiga aylanganimdan xursandman. Klub tarixi boy, stadioni ham ajoyib. "Seul" vakillari meni iliq kutib olishdi. Ushbu klub safida Server Jeparov muvaffaqiyatga erishgan. Men ham "Seul" tarixiga kirishga umid qilaman" - deydi Aliboev.
Eslatib o'tamiz, Server Jeparov 2010-2011 yillarda "Seul" sharafini himoya qilgan va jamoa bilan Janubiy Koreya chempioniga aylangan.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar