22 iyu 16:11
Yangiliklar
Boks/MMA
Ilk UFC turnirida qatnashgan jangchi 56 yoshida vafot etdi
Amerikalik aralash yakkakurash ustasi, sumo jangchisi, aktyor Teylor Uayli vafot etdi.
14 iyun kuni u o'zining 56 yoshini nishonlagandi. Vafoti haqida uning oilasi xabar bergan. O'lim sabablari malum qilinmagan.
Teyla Tuli (haqiqiy ismi) 1968 yilda Gavayida tug'ilgan. 1987 yilda sumo bilan shug'ullana boshlagan. 200 kg tosh bosadigan Teyla tarixdagi eng og'ir vaznli jangchilardan biri edi.
Sportchi 1989 yilda tizzasidagi muammolar sabab sumoni tark etishga majbur bo'lgandi. U 1990 yilda kurashga, 1992 yilda esa aralash yakkakurashga o'tgan.
Uning bir qancha filmlarda ham rol o'ynaganini takidlash lozim. SHuningdek, Teylor UFC'ning birinchi turnirida ishtirok etgan jangchilardan biri hisoblanadi.
Havola :
Manba : rg.ru
Fikrlar