14 iyu 16:54
Yangiliklar
Keti Teylorning xayrlashuv jangiga chiptalar 30 daqiqada sotib bo'lindi
Ushbu jangga chiptalar sotuvga chiqqanidan so'ng yarim soat ichida sotib bo'lingan. Yaqinda 40 yoshga to'ladigan irlandiyalik chempion mag'lubiyat nimaligini bilmay kelayotgan franciyalik Flora Pili (12-0, 2KO)ga qarshi faoliyatidagi so'nggi jangini o'tkazadi.
Teylorning Piliga qarshi jangi 1972 yil iyul oyidan beri "Krok Park"dagi birinchi boks musobaqasi bo'ladi. O'shanda Muhammad Ali ushbu arenada El Lyuisni muddatidan oldin mag'lub etgan edi. Bu arenada boks oqshomlarini o'tkazishga uning yuqori ijara narxi va katta qo'shimcha xarajatlar to'sqinlik qiladi. Promouter Eddi Xirnning so'zlariga ko'ra, Irlandiyaning eng yirik stadionida tadbirni o'tkazish Londonning "Uembli"siga qaraganda uch baravar qimmatga tushadi.

Fikrlar